https://oz.sputniknews.uz/20220514/ozbekistonda-pomidorning-yangi-navi-ixtiro-qilindi-24548548.html
O‘zbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
O‘zbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi.
2022-05-14T14:01+0500
2022-05-14T14:01+0500
2022-05-14T17:27+0500
jamiyat
qishloq xo‘jaligi vazirligi
o‘zbekiston
pomidor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0e/24547248_86:69:1031:601_1920x0_80_0_0_39274a99d3f41a451c67d88ccce7ff78.png
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi, deb xabar qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seleksioner olimlari Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil To‘rayevlarning 10-yillik samarali mehnati natijasida ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qilindi.Navga “Universal” nomi berildi.Yangi nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘suv davri 120-122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2,0-2,5 metr, ochiq maydonda 1,5-1,8 metrgacha yetadi, shoxlanishi va barglanishi esa o‘rtacha. Bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bug‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil. Pomidor vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali. Urug‘xonasi 4-5 ta. Degustatsion bahosi 4,9 balldan iborat.Tarkibida quruq modda miqdori 4,8%, umumiy qand 4,2%, askorbin kislotasi 24,2%. Hosildorligi: issiqxonada 15-18 kg/m2; ochiq maydonda 38-42 t/ga ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich boshqa navlardan 15-20% yuqori degani.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0e/24547248_199:36:943:594_1920x0_80_0_0_85d5e3e87816847caab548df3f2c9d3b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda pomidorning yangi navi ixtiro qilindi
o‘zbekistonda pomidorning yangi navi ixtiro qilindi
O‘zbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
14:01 14.05.2022 (yangilandi: 17:27 14.05.2022) O‘zbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi, deb xabar qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seleksioner olimlari Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil To‘rayevlarning 10-yillik samarali mehnati natijasida ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qilindi.
Navga “Universal” nomi berildi.
Yangi nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘suv davri 120-122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2,0-2,5 metr, ochiq maydonda 1,5-1,8 metrgacha yetadi, shoxlanishi va barglanishi esa o‘rtacha. Bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bug‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil. Pomidor vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali. Urug‘xonasi 4-5 ta. Degustatsion bahosi 4,9 balldan iborat.
Tarkibida quruq modda miqdori 4,8%, umumiy qand 4,2%, askorbin kislotasi 24,2%. Hosildorligi: issiqxonada 15-18 kg/m2; ochiq maydonda 38-42 t/ga ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich boshqa navlardan 15-20% yuqori degani.