Bemor bolalarga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi

© Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya UzbekistanaV Uzbekistane vruchili pervie allergopasporta
V Uzbekistane vruchili pervie allergopasporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2022
Obuna bo‘lish
Allergiya bilan kasallangan bolalar uchun “Allergiyasiz dunyo” mavzusida qator tadbirlar o‘tkazildi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ilk bor 5 nafar davolanuvchi bemor bolaga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
© Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya UzbekistanaV Uzbekistane vruchili pervie allergopasporta
V Uzbekistane vruchili pervie allergopasporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2022
V Uzbekistane vruchili pervie allergopasporta
Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni doirasida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan “Allergiyasiz dunyo” mavzusida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Unda bemor bolalar va ularning ota-onalari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Astma va allergiya-2022 Tashxislash va davolashning innovatsion usullari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda shoshilinch holatlar, astma xurujida bemor va shifokorning xatti-harakatlari, kasallikning molekulyar diagnostikasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Unda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, professor Olga Zayseva “Bolalarda bronxial astmani davolash va oldini olishda pediatrning roli” mavzusidagi maruzasi bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida Xalqaro molekulyar allergologiyaning “Yosh olimlar klasteri” tomonidan qiziqarli tanlovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mavzuga doir rasmlar, ijodiy ishlar va fotosuratlar ko‘rgazmasi hamda onlayn bolalar rasm tanlovi ham tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi zamonaviy ALEX-2 allergik multipleks chiplari asosida 282 ta allergenlarga sezgirlik tekshiruvlari bepul yo‘lga qo‘yilgan. Markaz xodimlari tomonidan allergochip usulida 1 021 nafar bemorning ta’sirchanligi o‘rganildi.
Yangiliklar lentasi
0