https://oz.sputniknews.uz/20220513/vladimir-norov-mdh-tiv-rahbarlarini-afgonistonga-bagishlangan-anjumanga-taklif-qildi-24540032.html
Vladimir Norov MDH TIV rahbarlarini Afg‘onistonga bag‘ishlangan anjumanga taklif qildi
Vladimir Norov MDH TIV rahbarlarini Afg‘onistonga bag‘ishlangan anjumanga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajada xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. 13.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-13T19:28+0500
2022-05-13T19:28+0500
2022-05-13T19:28+0500
siyosat
mdh
afg‘oniston
vladimir norov
anjuman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24480428_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_72721daed9d395051ff9fada813fd4d9.jpg
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajada xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini boshqaruvchi Vladimir Norov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘totgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisida ma’lum qildi.Unga ko‘ra, hamjamiyat ushbu mamlakatning bugungi kuni va kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi hamda Afg‘onistonning og‘ir ijtimoiy muammolarini hal qilishda yordamni davom ettirishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rishi kerak.Shuningdek, Vladimir Norov MDH tashqi ishlar vazirlarini Afg‘on muammosini hal etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qildi.Ma’lumot uchun, Muqaddas Ramazon hayiti arafasida O‘zbekistondan Afg‘onistonga 58 vagondan iborat, 4 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak yuklangan yana bir gumanitar yordam poyezdi jo‘natildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24480428_106:0:1241:851_1920x0_80_0_0_a4964aaf665e9538a95c67c036654118.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mdh, afg‘oniston, vladimir norov, anjuman
siyosat, mdh, afg‘oniston, vladimir norov, anjuman
Vladimir Norov MDH TIV rahbarlarini Afg‘onistonga bag‘ishlangan anjumanga taklif qildi
Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajada xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajada xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini boshqaruvchi Vladimir Norov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘totgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisida ma’lum qildi.
“Afsuski, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibori susayganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ayni paytda u yerdagi vaziyat og‘ir iqtisodiy inqiroz va qiyin gumanitar vaziyat keskinligicha qolib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolmoqda”, deydi Norov.
Unga ko‘ra, hamjamiyat ushbu mamlakatning bugungi kuni va kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi hamda Afg‘onistonning og‘ir ijtimoiy muammolarini hal qilishda yordamni davom ettirishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rishi kerak.
“Joriy yil iyul oyi oxirida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya ushbu masalalarni dolzarblashtirish va har tomonlama muhokama qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi”, deya ta’kidladi siyosatchi.
Shuningdek, Vladimir Norov MDH tashqi ishlar vazirlarini Afg‘on muammosini hal etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, Muqaddas Ramazon hayiti arafasida O‘zbekistondan Afg‘onistonga 58 vagondan iborat, 4 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak yuklangan yana bir gumanitar yordam poyezdi jo‘natildi.