https://oz.sputniknews.uz/20220513/rossiyalik-professor-sport-shifokorlari-uchun-mahorat-darsi-otkazdi-24536513.html
Rossiyalik professor sport shifokorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi
Rossiyalik professor sport shifokorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘quv dasturi bel sohasi bilan og‘rigan bemorlarning salomatliklarini tiklash imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. 13.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-13T17:32+0500
2022-05-13T17:32+0500
2023-04-05T18:37+0500
sport
shifokor
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24536626_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_d7aca6bccc9e88ec1a26ba3d8eca9242.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Rossiyaning “Spinnoy mozg” jamiyati prezidenti, professor Andrey Vladimirovich Baskov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. Tadbirda terma jamoalarda faoliyat olib borayotgan shifokorlar, ko‘ngilli tinglovchilar ishtirok etishdi. Ushbu o‘quv dasturi bel sohasida og‘riq bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash imkoniyatini oshirishga qaratilgan.Aytilishicha, hozirda O‘zbekiston va Rossiyada umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammolar uchun jarrohlik amaliyotining aralashuvi ko‘p kuzatilmaydi. Andrey Baskovning fikricha bu to‘g‘ri yo‘l.Bundan tashqari, mazkur kurslar konservativ terapiya va minimal-invaziv umurtqa pog‘onasi jarrohligi bo‘yicha ko‘rsatmalarga aniqlik kiritish, bel sohasi bilan og‘rigan bemorlar uchun neyroxirurg-vertebrolog konsultatsiyalarda qatnashish imkonini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24536626_69:0:1212:857_1920x0_80_0_0_8bceb9449f3ad63610c84a00f468bde6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, shifokor, rossiya
Rossiyalik professor sport shifokorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi
17:32 13.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) O‘quv dasturi bel sohasi bilan og‘rigan bemorlarning salomatliklarini tiklash imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Rossiyaning “Spinnoy mozg” jamiyati prezidenti, professor Andrey Vladimirovich Baskov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi.
Tadbirda terma jamoalarda faoliyat olib borayotgan shifokorlar, ko‘ngilli tinglovchilar ishtirok etishdi. Ushbu o‘quv dasturi bel sohasida og‘riq bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Aytilishicha, hozirda O‘zbekiston va Rossiyada umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammolar uchun jarrohlik amaliyotining aralashuvi ko‘p kuzatilmaydi. Andrey Baskovning fikricha bu to‘g‘ri yo‘l.
“Har bir jarrohlik amaliyoti bilan inson tanasi shok holatiga tushadi. Biz, tibbiyot vakillari, qaysi holatda operatsiya qilish yaxshiroq, qaysi birida undan qochish kerakligini bilishimiz va vaziyatni chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu juda muhim mavzu bo‘lish bilan birga zamonaviy dunyoda dolzarb masaladir. Sport tibbiyoti vakillari ham bu borada yaxshi bilimga ega bo‘lishlari lozim. Zero, sportchilarning salomatligi, to‘g‘ri hayot kechirishi sizning qo‘lingizda”, deydi professor.
Bundan tashqari, mazkur kurslar konservativ terapiya va minimal-invaziv umurtqa pog‘onasi jarrohligi bo‘yicha ko‘rsatmalarga aniqlik kiritish, bel sohasi bilan og‘rigan bemorlar uchun neyroxirurg-vertebrolog konsultatsiyalarda qatnashish imkonini beradi.