https://oz.sputniknews.uz/20220513/rediskaning-foydali-jihatlari--24487855.html
Rediskaning foydali jihatlari
Rediskaning foydali jihatlari
Tadqiqotlar rediskaning yurak, jigar faoliyati hamda saratonni oldini olishda ijobiy ta’sirini tasdiqladi.
2022-05-13T06:10+0500
2022-05-13T06:10+0500
2022-05-13T06:10+0500
bu qiziq
rediska
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/340/46/3404603_0:443:2854:2048_1920x0_80_0_0_47854f2c71dfeef4137c26450727964a.jpg
RIA Novostining En Son Haber nashriga tayanib xabar berishicha, olimlar muntazam rediska iste’mol qilish saraton kasalligi bilan kurashishda, yurak va jigar faoliyatini yaxshilashda ijobiy ta’sirlarini tasdiqlagan.Odatda rediskadan salat va boshqa taomlar uchun masalliq sifatida foydalaniladi. Biroq, sabzavotning o‘zini iste’mol qilish va kunlik rayionga kiritishning asosli sabablari bor.To‘yimli moddalar ko‘pRediskaning rangi qanday bo‘lmasin, barchasi foydali. U antioksidantlarga boy.Rediska- S vitamining koni. Oziq moddalarning uyg‘unligi oksidlanish natijasida hujayralar halok bo‘lishidan va umuman hujayra shikastlanishiga qarshi kurashishga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi.Saratonga qarshi kurashishga yordam beradiBundan tashqari, rediska organizmni yetarli miqdorda V vitaminlari, kaliy, kalsiy, temir, magniy bilan ta’minlaydi. Tabiiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Yallig‘lanishni kamaytiradi, hujayralarni saratonga olib keladigan moddalardan himoya qiladi va zararli kasallik hujayralarining o‘sishini kamaytiradi.Tadqiqotlarga ko‘ra, sabzavotdagi tabiiy birikmalar sut bezi, prostata, yo‘g‘on ichak, jigar va o‘pka saratoni rivojlanishining oldini oladi.Yurakni mustahkamlaydiQizil redis yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, yurak sog‘lig‘ini saqlash uchun samarali vosita. Uning ozuqaviy moddalari qon bosimini va yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sabzavot tarkibida qon aylanishini yaxshilaydigan tabiiy nitratlar mavjud.Qandli diabetdan himoya qiladiOlimlar redisning glyukoza darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Shuningdek, u glyukozaning mushak to‘qimalari tomonidan so‘rilishini kuchaytirib, ichaklarda so‘rilishini kamaytiradi. Bularning barchasi qonda shakarni pasaytiradi.Ushbu supersabzavotni muntazam iste’mol qilish adiponektin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Redis tarkibida Q10 koenzimi ham mavjud. U ham diabet rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.Jigar va buyraklar faoliyatini yaxshilaydiRedis jigarni toksinlardan tozalashga yordam beradi, tiklanishiga hissa qo‘shadi. Bunga indol-3-karbinol va 4-metiltio-3-butenilizotiyosiyanat yordam beradi. Tushunarsiz nomlar, biroq juda foydali birikmalar. Bundan tashqari, ular buyraklarga toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/340/46/3404603_104:0:2835:2048_1920x0_80_0_0_ea679cc747564cf08867ae81612894a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rediska foydali jihatlari foyda zarar
rediska foydali jihatlari foyda zarar
Rediskaning foydali jihatlari
Tadqiqotlar rediskaning yurak, jigar faoliyati hamda saratonni oldini olishda ijobiy ta’sirini tasdiqladi.
RIA Novostining En Son Haber nashriga tayanib xabar berishicha, olimlar muntazam rediska iste’mol qilish saraton kasalligi bilan kurashishda, yurak va jigar faoliyatini yaxshilashda ijobiy ta’sirlarini tasdiqlagan.
Odatda rediskadan salat va boshqa taomlar uchun masalliq sifatida foydalaniladi. Biroq, sabzavotning o‘zini iste’mol qilish va kunlik rayionga kiritishning asosli sabablari bor.
Rediskaning rangi qanday bo‘lmasin, barchasi foydali. U antioksidantlarga boy.
Rediska- S vitamining koni. Oziq moddalarning uyg‘unligi oksidlanish natijasida hujayralar halok bo‘lishidan va umuman hujayra shikastlanishiga qarshi kurashishga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi.
Saratonga qarshi kurashishga yordam beradi
Bundan tashqari, rediska organizmni yetarli miqdorda V vitaminlari, kaliy, kalsiy, temir, magniy bilan ta’minlaydi. Tabiiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Yallig‘lanishni kamaytiradi, hujayralarni saratonga olib keladigan moddalardan himoya qiladi va zararli kasallik hujayralarining o‘sishini kamaytiradi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, sabzavotdagi tabiiy birikmalar sut bezi, prostata, yo‘g‘on ichak, jigar va o‘pka saratoni rivojlanishining oldini oladi.
Yurakni mustahkamlaydi
Qizil redis yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, yurak sog‘lig‘ini saqlash uchun samarali vosita. Uning ozuqaviy moddalari qon bosimini va yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sabzavot tarkibida qon aylanishini yaxshilaydigan tabiiy nitratlar mavjud.
Qandli diabetdan himoya qiladi
Olimlar redisning glyukoza darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Shuningdek, u glyukozaning mushak to‘qimalari tomonidan so‘rilishini kuchaytirib, ichaklarda so‘rilishini kamaytiradi. Bularning barchasi qonda shakarni pasaytiradi.
Ushbu supersabzavotni muntazam iste’mol qilish adiponektin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Redis tarkibida Q10 koenzimi ham mavjud. U ham diabet rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
Jigar va buyraklar faoliyatini yaxshilaydi
Redis jigarni toksinlardan tozalashga yordam beradi, tiklanishiga hissa qo‘shadi. Bunga indol-3-karbinol va 4-metiltio-3-butenilizotiyosiyanat yordam beradi. Tushunarsiz nomlar, biroq juda foydali birikmalar. Bundan tashqari, ular buyraklarga toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi.