https://oz.sputniknews.uz/20220513/qozogistonda-ythga-uchragan-avtobusda-necha-kishi-bolgani-aytildi-24534862.html
Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi bo‘lgani aytildi
Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi bo‘lgani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
YTH oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Ayni paytda 16 yo‘lovchi tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda. 13.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-13T16:18+0500
2022-05-13T16:18+0500
2022-05-13T16:18+0500
jamiyat
qozog‘iston
avtobus
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24520389_0:56:1000:619_1920x0_80_0_0_431dfde492e1cc20b0a7ca55046122b2.jpg
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar bergan edik. Mamlakatning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.Ayni paytda 16 nafar o‘zbekistonlik tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan. Diplomatlar voqea joyiga yetib borgan.Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha shtab tuzilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qo‘zg‘atilgan.Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochilgan: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24520389_50:0:950:675_1920x0_80_0_0_5fe9418f1733b2c6354f7a83746c8473.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qozog‘iston, avtobus, yth
jamiyat, qozog‘iston, avtobus, yth
Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi bo‘lgani aytildi
YTH oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Ayni paytda 16 yo‘lovchi tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar bergan edik. Mamlakatning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi
bo‘lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.Ayni paytda 16 nafar o‘zbekistonlik tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan. Diplomatlar voqea joyiga yetib borgan.
“Huquqni muhofaza qilish organlar va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Marhumlarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etilmoqda”, deyiladi O‘zbekiston TIV vakili xabarida.
Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha shtab tuzilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qo‘zg‘atilgan.
Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochilgan: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.