https://oz.sputniknews.uz/20220513/ozbekistonda-rus-tilini-organish-uchun-mobil-ilova-yaratildi-24530326.html
O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi
O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun birinchi “ IZI russkiy yazik” mobil ilovasi yaratildi. Uning taqdimoti payshanba kuni Toshkentdagi Rus uyida bo‘lib o‘tdi.
2022-05-13T14:36+0500
2022-05-13T14:36+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rus tili
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24514384_0:96:1280:816_1920x0_80_0_0_d9d7535fd42b0a6e45ed83131515692b.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun birinchi “ IZI russkiy yazik” mobil ilovasi yaratildi. Uning taqdimoti payshanba kuni Toshkentdagi Rus uyida bo‘lib o‘tdi.“Rossotrudnichestva”vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu rus tilini bilmaydigan O‘zbekiston fuqarolariga o‘z smartfoni yordamida rus tilini o‘rganishga yordam beradi. Ilova tez orada App Store va Google Play’da paydo bo‘ladi.“Ishlab chiquvchilar zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida ta’limning an’anaviy modelini shu qadar o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdiki, hatto yodlash ham zavqli mashg‘ulotga aylanadi”, deyiladi xabarda.O‘quv tizimi grammatikani o‘rgatish, yangi so‘zlarni assotsiatsiyalar [tasvirlar] orqali yodlash, bilimlarni mustahkamlash uchun simulyator, tilni tinglash uchun dialog-amaliyot, fonetika bilan ishlash va o‘qituvchi bilan onlayn suhbatni o‘z ichiga oladi.Ilova O‘zbekiston poytaxtidagi “Nota terra” xorijiy til sifatida rus tili o‘qituvchilari malaka oshirish maktabi ishtirokchilari tomonidan allaqachon sinovdan o‘tkazilgan.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Avvalroq, Respublika ta’lim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayeva A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston maktablarining 2-11 milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorlagani haqida ma’lum qilgandi.2020 yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan.Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24514384_68:0:1205:853_1920x0_80_0_0_b551f1e7c07e7d2f640d9dee70bc0f99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi
o‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi
O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi
14:36 13.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun mobil ilova yaratildi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish uchun birinchi “ IZI russkiy yazik” mobil ilovasi yaratildi. Uning taqdimoti payshanba kuni Toshkentdagi Rus uyida bo‘lib o‘tdi.
“Rossotrudnichestva”vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu rus tilini bilmaydigan O‘zbekiston fuqarolariga o‘z smartfoni yordamida rus tilini o‘rganishga yordam beradi. Ilova tez orada App Store va Google Play’da paydo bo‘ladi.
“Ishlab chiquvchilar zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida ta’limning an’anaviy modelini shu qadar o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdiki, hatto yodlash ham zavqli mashg‘ulotga aylanadi”, deyiladi xabarda.
O‘quv tizimi grammatikani o‘rgatish, yangi so‘zlarni assotsiatsiyalar [tasvirlar] orqali yodlash, bilimlarni mustahkamlash uchun simulyator, tilni tinglash uchun dialog-amaliyot, fonetika bilan ishlash va o‘qituvchi bilan onlayn suhbatni o‘z ichiga oladi.
Ilova O‘zbekiston poytaxtidagi “Nota terra” xorijiy til sifatida rus tili o‘qituvchilari malaka oshirish maktabi ishtirokchilari tomonidan allaqachon sinovdan o‘tkazilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Avvalroq, Respublika ta’lim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayeva A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston maktablarining 2-11 milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorlagani haqida ma’lum qilgandi.
2020 yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan.
Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.