OTMga hujjat topshirishdan avval uning litsenziyasini tekshiring - Ta’lim inspeksiyasi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim holatlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki faqatgina o‘quv markazi huquqiga ega bo‘lgan ba’zi tashkilotlar o‘zini xususiy oliygoh sifatida tanishtirib abituriyentlarni o‘qishga jalb qilmoqda.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Litsenziyasi yo‘q nodavlat OTMlarga aldanib qolmang, deb ota-onalarni hushorlikka chaqirdi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Inspeksiya axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov aytishiga ko‘ra, abituriyentlar va ularning ota-onalari qaysidir nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga pul to‘lashdan avval ularning litsenziyasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishlari kerak.
“Litsenziyaga hujjat topshirganmiz, yaqinda berishadi, ungacha o‘qib turavering kabi gaplarga ishonib qolmang”, deydi Shavkat Xo‘jaqulov.
Nodavlat OTM tomonidan beriladigan diplomlar O‘zbekistondagi boshqa oliy ta’lim muassasalari diplomlari qatorida tan olinadi.
Aytilishicha, ayrim holatlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki faqatgina o‘quv markazi huquqiga ega bo‘lgan ba’zi tashkilotlar o‘zini xususiy oliygoh sifatida tanishtirib abituriyentlarni o‘qishga jalb qilmoqda.
Litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi. Shavkat Xo‘jaqulovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida litsenziya olishda hech qanday yo‘q.
Ma’lumot uchun, 2018 – 2020-yillar oralig‘ida litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning o‘zida 21 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti litsenziyalandi.
Litsenziyasi bor nodavlat OTM ro‘yxati bilan Ta’lim inspeksiyasi sayti orqali tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0