https://oz.sputniknews.uz/20220513/janubiy-osetiya-rossiyaga-qoshilish-uchun-referendum-sanasini-belgiladi-24543736.html
Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum sanasini belgiladi
Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum sanasini belgiladi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva 2008-yil 26-avgustda Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan edi. Bundan oldin Rossiya armiyasi ushbu respublika hududidan Gruziya qo‘shinlarini quvib... 13.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-13T23:29+0500
2022-05-13T23:29+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
referendum
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/297/52/2975291_0:113:6016:3497_1920x0_80_0_0_9d29d5bbb609e0f2097f46ceaf7ea469.jpg
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Janubiy Osetiyaning amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov respublikaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha referendumni 17-iyulga belgiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Prezident saytida e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari ushbu qarorni Janubiy Osetiya xalqining Rossiya bilan birlashishga bo‘lgan tarixiy istagidan kelib chiqqan holda va Janubiy Osetiya konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qabul qilgan. May oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan prezident Alan Gagloyevning inauguratsiyasi 21-maydan keyin bo‘lib o‘tadi. Avvalroq u “vaqt kelishi bilan Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyor bo‘lishini” ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Moskva 2008-yil 26-avgustda Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi. O‘sha oy boshida Rossiya Janubiy Osetiyani Tbilisi hukmronligiga qaytarishga uringan Gruziya armiyasidan himoyaga keldi. O‘shandan beri Rossiya rahbariyati har ikki respublikaning tan olinishi hukmron voqelikni aks ettiradi va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/297/52/2975291_341:0:5696:4016_1920x0_80_0_0_4a04726b3ab23f10ea516c16e5589d5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, referendum, rossiya
dunyoda, referendum, rossiya
Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum sanasini belgiladi
23:29 13.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Moskva 2008-yil 26-avgustda Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan edi. Bundan oldin Rossiya armiyasi ushbu respublika hududidan Gruziya qo‘shinlarini quvib chiqargan edi.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Janubiy Osetiyaning amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov respublikaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha referendumni 17-iyulga belgiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Prezident saytida e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari ushbu qarorni Janubiy Osetiya xalqining Rossiya bilan birlashishga bo‘lgan tarixiy istagidan kelib chiqqan holda va Janubiy Osetiya konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qabul qilgan.
“Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyaning birlashishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?” degan savol bo‘yicha Janubiy Osetiya Respublikasi referendumi tayinlansin. Referendum o‘tkazish sanasini 2022-yil 17-iyulga belgilansin”, — deyiladi farmonda.
May oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan prezident Alan Gagloyevning inauguratsiyasi 21-maydan keyin bo‘lib o‘tadi. Avvalroq u “vaqt kelishi bilan Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyor bo‘lishini” ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva 2008-yil 26-avgustda Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi. O‘sha oy boshida Rossiya Janubiy Osetiyani Tbilisi hukmronligiga qaytarishga uringan Gruziya armiyasidan himoyaga keldi. O‘shandan beri Rossiya rahbariyati har ikki respublikaning tan olinishi hukmron voqelikni aks ettiradi va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan.