Hokimlik fermerga 157,8 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi

© Pexels / EKATERINA BOLOVTSOVASudeyskiy molotok
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
Hokimlik qaroridan zara ko‘rgan tadbirkor biznes-ombudsman yordamida o‘z huquqini tiklashga imkon paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 13may — Sputnik. Biznes-ombudsmen da’vo arizasiga ko‘ra, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi fermerga yetkazilgan 157,8 mln so‘mlik moddiy zarar qoplab berildi. Bu haqda ombudsmen matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Sudning hal qiluv qarori bilan Bulung‘ur tuman hokimligidan fermer xo‘jaligining foydasiga 157,8 million so‘m kompensatsiya to‘lovlarini undirish belgilandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2000-yilda Samarqandda faoliyat ko‘rsatuvchi “Osiyo” fermer xo‘jaligiga (nomi o‘zgartirilgan) Bulung‘ur tumani hokimining qarori bilan 6,1 gektar yer maydoni ajratilgan. Ammo keyinchalik ijara shartnomasiga o‘zgarish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, yer maydoni tuman yer zahira fondiga qaytarilgan. Tadbirkorga fermer xo‘jaligining bog‘laridagi mevali daraxtlarga yetkazilgan zarar qoplab berilmagan. Ushbu holat bo‘yicha Biznes-ombudsman Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritgan.
Ma’lumot uchun, Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar buzib tashlansa zararlarning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanguniga qadar to‘lab berilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0