Farg‘onadan Urganchga sayohatlar qayta tiklandi

© Pixabay / LoggaWigglerUzbekistan
Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘onaliklarqayta yo‘lga qo‘yilgan yo‘nalishda Urganch, Xiva, Nukus hamda Mo‘ynoq shaharlarini sayohat qilmoqda.
TOShKENT, 13may — Sputnik. “Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona” yo‘nalishidagi aviaqatnov qayta yo‘lga qo‘yilgani munosabati bilan, farg‘onaliklar uchun Urganch, Xiva, Nukus hamda Mo‘ynoq shaharlariga sayyohat tashkil etildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Sayyohat “Vodiy sayyoh” turizm agentligi tomonidan tashkil etilgan. Sayyohlar guruhi 50 nafar o‘qituvchi va murabbiylardan iborat. Ular 6 kun davomida diqqatga sazovor joylar, muzeylar va boshqa obyektlarni tamosha qilishadi.
“Hozircha “Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona” yo‘nalishidagi parvozlar haftaning chorshanba kunlari tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Kelgusida qatnovlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona” yo‘nalishidagi aviaqatnov O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish hamda mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qayta yo‘lga qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0