https://oz.sputniknews.uz/20220513/erdogan-finlyandiya-va-shvetsiyaning-natoga-azo-bolishini-ijobiy-fikr-emas-deb-baholadi-24539239.html
Erdo‘g‘an: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi - ijobiy fikr emas
Erdo‘g‘an: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi - ijobiy fikr emas
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya terrorchilarga "mehmondo‘stlik" ko‘rsatish odatiga ega bo‘lgan Skandiyanaviya davlatlarini NATOda ko‘rishdan mamnun bo‘lmaydi - dedi Erdo‘g‘an. 13.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-13T18:57+0500
2022-05-13T18:57+0500
2022-05-13T18:59+0500
dunyoda
turkiya
nato
shvetsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1e/21579460_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_600aaf3e3bbe6b0975279608fa983bf7.jpg
TOShKENT, 13-may – Sputnik. Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini kuzatib bormoqda va hozircha bunga ijobiy qaray olmayapti, dedi Prezident Toyib Erdog‘an. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng Finlyandiya va Shvetsiya uzoq muddatli betaraflik pozitsiyasidan voz kechib va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. Alyans rahbari Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiyani o‘z saflarida ko‘rishdan xursand bo‘lishini va ularga tezda a’zo bo‘lish imkoniyatini taqdim etishini ta’kidladi. "NATO ushbu davlatlar alyansga a’zo bo‘lish haqidagi qarorni kelgusi "oylar va haftalar" ichida qabul qilishidan umidvor. AQSh ularni ittifoqqa qo‘shilishidan mamnun bo‘ladi, - dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov alyansning yanada kengayishi Yevropaga katta xavfsizlik olib kelmasligini, NATO agressiv xarakterga ega ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi - Rossiya uchun tahdid deb hisoblamasligini qo‘shimcha qildi. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi va keyinchalik ularda ittifoq bo‘linmalarining joylashtirilishi ushbu hududlarni Rossiya harbiylari uchun mumkin bo‘lgan nishonga aylantirishini ta’kidladi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1e/21579460_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b83476a389f9059cd189523a8fbafdd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, nato, shvetsiya
dunyoda, turkiya, nato, shvetsiya
Erdo‘g‘an: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi - ijobiy fikr emas
18:57 13.05.2022 (yangilandi: 18:59 13.05.2022) Turkiya terrorchilarga "mehmondo‘stlik" ko‘rsatish odatiga ega bo‘lgan Skandiyanaviya davlatlarini NATOda ko‘rishdan mamnun bo‘lmaydi - dedi Erdo‘g‘an.
TOShKENT, 13-may – Sputnik. Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini kuzatib bormoqda va hozircha bunga ijobiy qaray olmayapti,
dedi Prezident Toyib Erdog‘an.
"Biz jarayonni kuzatib borapmiz. Lekin bu borada ijobiy, fikrda emasmiz. Chunki bundan oldin Gretsiya bilan bog‘liq xatolik bo‘lgan edi. Siz Yunonistonning alyans doirasida Turkiyaga nisbatan xatti-harakatlaridan xabardorsiz. Biz Turkiya tomonidan ikkinchi xatoga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz. Bilasizki Skandinavi davlatlarida terrorchilarga "mehmondo‘stlik" ko‘rsatish, ularni parlamentga kiritish odati bor. Shuning uchun biz bunga hali ijobiy qaray olmaymiz”, dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng Finlyandiya va Shvetsiya uzoq muddatli betaraflik pozitsiyasidan voz kechib va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. Alyans rahbari Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiyani o‘z saflarida ko‘rishdan xursand bo‘lishini va ularga tezda a’zo bo‘lish imkoniyatini taqdim etishini ta’kidladi.
"NATO ushbu davlatlar alyansga a’zo bo‘lish haqidagi qarorni kelgusi "oylar va haftalar" ichida qabul qilishidan umidvor. AQSh ularni ittifoqqa qo‘shilishidan mamnun bo‘ladi, - dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov alyansning yanada kengayishi Yevropaga katta xavfsizlik olib kelmasligini, NATO agressiv xarakterga ega ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi - Rossiya uchun tahdid deb hisoblamasligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi va keyinchalik ularda ittifoq bo‘linmalarining joylashtirilishi ushbu hududlarni Rossiya harbiylari uchun mumkin bo‘lgan nishonga aylantirishini ta’kidladi.