Xitoy aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

© UnsplashPojarniy, illyustrativnoe foto
Pojarniy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Xitoyning “Szanbey” xalqaro aeroportida bortida 113 kishi bo‘lgan samalot yonib ketdi. 40 kishi tan jarohati olgan.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahrida joylashgan “Szanbey” xalqaro aeroportida Tibet Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti parvoz paytida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, yonib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 08:09 atrofida yuz bergan. Samalot bortida 113 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 40 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan.
“TV9833 reysi bilan Chunsin-Ningchi reysini amalga oshirayotgan samolyot “Szanbey” xalqaro aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va uning chap tarafidagi fuzelyajining burun qismi yonib ketdi”, - deyiladi aeroport xabarida.
Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan, hodisa sabablari hali aniqlanmagan.
Rossiyaning mahalliy nashrlariga ko‘ra, samalot bortida xorij fuqarolari bo‘lmagan.
Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, yong‘in allaqachon o‘chirilgan, hodisa yuz bergan uchish-qo‘nish yo‘lagi yopilgan, samolyotlar undan ko‘tarilmaydi va unga qo‘nmaydi. Chunsin shahrida yakunlangan reyslar qisman Sichuan provinsiyasining Chendu shahridagi “Shuanlyu” xalqaro aeroportiga ko‘chirilgan. Bu Xitoydagi joriy yilning ikkinchi yirik aviahalokatidir.
Kunmindan Guanchjouga MU5735 reysini amalga oshirayotgan Boeing 21-mart kuni Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi Uchjou shahrining Ten uyezdida halokatga uchragan. Samolyot bortida 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan, deb e’lon qilingan. 2015-yildan beri foydalanilayotgan laynerning halokatga uchrashining mumkin bo‘lgan sabablari haligacha ma’lum emas. Mutaxassislar topilgan “qora qutilar”ni tekshirishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0