https://oz.sputniknews.uz/20220512/ukraina-artilleriyachilari-donbassda-nimalar--uyushtirgan-24512886.html
Ukraina artilleriyachilari Donbassda nimalar uyushtirgan
Ukraina artilleriyachilari Donbassda nimalar uyushtirgan
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi kunlarda ukrain artilleriyachilari Donbass shaharlarini tez-tez o‘qqa tutapti. Tinch aholi, hatto bolalar orasida halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar bor.
2022-05-12T18:51+0500
2022-05-12T18:51+0500
2022-05-12T18:51+0500
kolumnistlar
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23982306_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0caadec6090c54328ffdc9b766daca3e.jpg
Stvolli qurollardan ham, reaktiv tizimlardan ham o‘q otapti. Tinch aholi, hatto bolalar orasida halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar bor. “Katta Donbass qozoni”ning tutashuvchi qancha yaqin bo‘lsa, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) shunchalar vahshiylashmoqda. Urush maydonlarida nimalar bo‘lyapti - RIA Novosti materialida.Terror taktikasiUQK chorshanba kuni erta tongdan DXRni o‘qqa tuta boshladi. Avvaliga Donesk shimolidagi Yasinovataya hujumga uchradi. Shaharga o‘ndan ortiq “Grad” zalp hujumi reaktiv tizimi (RSZO) raketalari uchirildi. Keyin - Aleksandrovka qishlog‘iga 122 mm kalibrlik artilleriya hujumi. So‘ngra Mixaylovka va Panteylemonovkadagi bir nechta uylar snaradlardan vayron bo‘ldi. Tushki vaqtga kelib Makeyevka va Donesk - Kuybishevskiy va Petrovskiy tumanlari ham zarbalarga uchradi.Yaqinda UQK DXR poytaxtiga kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berdi. Ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi, yana besh kishi, shuningdek, to‘qqiz yoshli bola og‘ir yaralandi. Ukraina artilleriyachilari hech qanday harbiy obyekt bo‘lmagan Kirov tumanidagi “Merkuriy” bozoriga zarba berdi. Bu yana bir bor Kiyevning terror taktikasini qo‘llayotganini, tinch aholini imkon qadar qo‘rqitishga harakat qilayotganini isbotlaydi.DXR hukumatining O‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi (SSKK) ma’lumotlariga ko‘ra, 84 kunlik eskalatsiya davomida respublikada 110 nafar tinch aholi, xususan, to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. 499 kishi jarohatlangan, ulardan 31 nafari bolalar. Bu Mariupoldagi qurbonlarsiz ko‘rsatkich - u yerda hisoblash jarayonlari hali tugamadi. Donesk rasmiylariga ko‘ra, tinch aholi qurbonlarining aksariyatiga asosan Ukraina artilleriyachilari javobgar.Ukraina harbiylari qochqinlar karvonini o‘qqa tutdi - video“Ayniqsa, Avdeyevkada o‘tirgan 25-alohida havo-desant brigadasi artilleriyasi va Donesk g‘arbidagi Peski qishlog‘ida joylashgan 56-alohida motopiyoda brigadasi bizni tashvishlantiradi”, - deydi DXR armiyasining Klim chaqiruvch ismli ofitseri RIA Novosti muxbiriga. - “To‘g‘ridan- to‘g‘ri hujum qila olmaymiz - UQK bu hududlarda sakkiz yil davomida kuchaygan. Qurollar o‘qqa tutilgandan so‘ng panaga sudrab ketishadi, shuning uchun ularni batareyaga qarshi olov bilan yopish juda qiyin. Biroq, ular yo‘qotishlarga duch kelyapti. Qolaversa, Rossiya aviatsiyasi bizga katta yordam berapti”.G‘arb artilleriyasiHaqiqatdan ham, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining artilleriyasini jiddiy zarba bergan. Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan buyon aviatsiya 1455 ta qurol va 360 ta RSZO moslamalarini yo‘q qilgan. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarida snaradlarning keskin tanqisligini kuzatilmoqda: ko‘plab o‘q-dori omborlari yuqori aniqlikdagi qurollardan muvaffaqiyatli o‘qqa tutilgan, ba’zilari, masalan, Balakleyadagi mamlakatning eng yirik arsenali Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tgan.Biroq, G‘arb NATO andozasidagi artilleriya tizimlari va ularga o‘q-dorilar yetkazib berishni oshirapti. Shunday qilib, amerikaliklar 90 ga yaqin M777 155 millimetrli gaubitsalarni allaqachon UQK ga topshirdi. 300 dan ortiq ukrainalik askarlarni qurilmalarni boshqarishga o‘rgatdi. Kanada va Avstraliya ham xuddi shunday uskunani jo‘natmoqchi. Germaniya va Niderlandiya Kiyevga dunyodagi eng yaxshilaridan sanalgan 12 ta PZH-2000 o‘ziyurar artilleriya tizimini beradi. Italiya esa zaxirasidan M109 o‘ziyurar qurollari bilan bo‘lishmoqchi."Azovstal"dan chiqqan ayol nomiga uyushtirilgan "evakuatsiya" haqida aytib berdiArtilleriya tizimlari NATO mamlakatlari zaxiralarida bo‘lgan 155 millimetrli o‘q-dorilarning butun diapazonini o‘qqa tutishga qodir. M982 Excalibur boshqariladigan raketalari katta xavf tug‘diradi. G‘arbda ishlab chiqarilgan gaubitsalar ularni atigi to‘rt metrli dumaloq ehtimoliy og‘ish bilan 57 kilometrgacha uloqtirishadi. Buklanadigan aerodinamik konsollar tufayli raketa ballistik trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidan nishonni rejalashtiradi. Yuqori aniqlikni sputnik boshqaruv tizimi ta’minlaydi.Biroq, Ukraina Qurolli Kuchlarining bunday snaradlardan ko‘p olishi amri mahol. Chunki bu hatto NATO qarichi bo‘yicha ham, juda qimmat o‘yinchoq: bitta o‘q 70 ming dollar turadi. Ammo oddiy yuqori portlovchi parchalanadigan o‘q-dorilar bilan ham, bu gaubitsalar 30 kilometr masofaga zarba beradi. Shunday ekan Rossiyaning zamonaviy 152 mm.lik “Msta-S” o‘ziyurar qurollarinining imkoniyatlari uniki bilan teng.Mojaroning alanga olishiDushanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina uchun “lend-liz” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan hujjat Kiyevga harbiy yordamni soddalashtiradi, shuningdek, Vashington ulashishga tayyor bo‘lgan texnika va texnologiyalar doirasini kengaytiradi. Shunga qaramay, ko‘plab mutaxassislar buni tarozi pallasining UQK foydasiga tortishiga yordam bermasligini atmoqda.“Lend-liz” to‘g‘risidagi qonun mojaro natijasiga ta’sir qilmaydi, biroq uning davomiyligiga ta’sir qiladi, - deydi Rossiya xalqaro ishlar kengashi eksperti Proxor Tebin. - Bayden ma’muriyati, umuman G‘arb dunyosiga o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va Rossiyani zaiflashtirish maqsadida vaqtni cho‘zish foydali. Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish aynan shu maqsadga xizmat qiladi: Kiyev G‘arb davlatlarining yordamidan foydalanaverib, ularga yanada ko‘proq qaram bo‘lib qoladi”.Boshqa tomondan esa - Moskva ham G‘arb qurollarining sharqqa cheksiz oqayotganiga qarab turmoqchi emas. Rossiya Harbiy kosmik kuchlari allaqachon Ukraina temir yo‘llarining tortish podstansiyalariga yuqori aniqlikdagi zarbalar berib, aloqa liniyalarining uzun qismlarini yaroqsiz holga keltirgan. Bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega ko‘priklarni buzish choralari ko‘rilyapti. Albatta, yetkazib berishning to‘liq oldini olish mumkin emas, lekin ajal yetaklovchi temirning katta ulushi manzilga yetib bormasligi aniq.Ukraina qurolli kuchlari Doneskdagi bozorni o‘qqa tutdi, qurbonlar bor
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23982306_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_7c0c1835af3d38ef0d5f84da39ff7849.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
ukraina donbass so‘nggi yangiliklar xabarlar
ukraina donbass so‘nggi yangiliklar xabarlar
Ukraina artilleriyachilari Donbassda nimalar uyushtirgan
So‘nggi kunlarda ukrain artilleriyachilari Donbass shaharlarini tez-tez o‘qqa tutapti.
Stvolli qurollardan ham, reaktiv tizimlardan ham o‘q otapti. Tinch aholi, hatto bolalar orasida halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar bor. “Katta Donbass qozoni”ning tutashuvchi qancha yaqin bo‘lsa, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) shunchalar vahshiylashmoqda. Urush maydonlarida nimalar bo‘lyapti - RIA Novosti
materialida.UQK chorshanba kuni erta tongdan DXRni o‘qqa tuta boshladi. Avvaliga Donesk shimolidagi Yasinovataya hujumga uchradi. Shaharga o‘ndan ortiq “Grad” zalp hujumi reaktiv tizimi (RSZO) raketalari uchirildi. Keyin - Aleksandrovka qishlog‘iga 122 mm kalibrlik artilleriya hujumi. So‘ngra Mixaylovka va Panteylemonovkadagi bir nechta uylar snaradlardan vayron bo‘ldi. Tushki vaqtga kelib Makeyevka va Donesk - Kuybishevskiy va Petrovskiy tumanlari ham zarbalarga uchradi.
Yaqinda UQK DXR poytaxtiga kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berdi. Ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi, yana besh kishi, shuningdek, to‘qqiz yoshli bola og‘ir yaralandi. Ukraina artilleriyachilari hech qanday harbiy obyekt bo‘lmagan Kirov tumanidagi “Merkuriy” bozoriga zarba berdi. Bu yana bir bor Kiyevning terror taktikasini qo‘llayotganini, tinch aholini imkon qadar qo‘rqitishga harakat qilayotganini isbotlaydi.
DXR hukumatining O‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi (SSKK) ma’lumotlariga ko‘ra, 84 kunlik eskalatsiya davomida respublikada 110 nafar tinch aholi, xususan, to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. 499 kishi jarohatlangan, ulardan 31 nafari bolalar. Bu Mariupoldagi qurbonlarsiz ko‘rsatkich - u yerda hisoblash jarayonlari hali tugamadi. Donesk rasmiylariga ko‘ra, tinch aholi qurbonlarining aksariyatiga asosan Ukraina artilleriyachilari javobgar.
“Ayniqsa, Avdeyevkada o‘tirgan 25-alohida havo-desant brigadasi artilleriyasi va Donesk g‘arbidagi Peski qishlog‘ida joylashgan 56-alohida motopiyoda brigadasi bizni tashvishlantiradi”, - deydi DXR armiyasining Klim chaqiruvch ismli ofitseri RIA Novosti muxbiriga. - “To‘g‘ridan- to‘g‘ri hujum qila olmaymiz - UQK bu hududlarda sakkiz yil davomida kuchaygan. Qurollar o‘qqa tutilgandan so‘ng panaga sudrab ketishadi, shuning uchun ularni batareyaga qarshi olov bilan yopish juda qiyin. Biroq, ular yo‘qotishlarga duch kelyapti. Qolaversa, Rossiya aviatsiyasi bizga katta yordam berapti”.
Haqiqatdan ham, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining artilleriyasini jiddiy zarba bergan. Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan buyon aviatsiya 1455 ta qurol va 360 ta RSZO moslamalarini yo‘q qilgan. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarida snaradlarning keskin tanqisligini kuzatilmoqda: ko‘plab o‘q-dori omborlari yuqori aniqlikdagi qurollardan muvaffaqiyatli o‘qqa tutilgan, ba’zilari, masalan, Balakleyadagi mamlakatning eng yirik arsenali Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tgan.
Biroq, G‘arb NATO andozasidagi artilleriya tizimlari va ularga o‘q-dorilar yetkazib berishni oshirapti. Shunday qilib, amerikaliklar 90 ga yaqin M777 155 millimetrli gaubitsalarni allaqachon UQK ga topshirdi. 300 dan ortiq ukrainalik askarlarni qurilmalarni boshqarishga o‘rgatdi. Kanada va Avstraliya ham xuddi shunday uskunani jo‘natmoqchi. Germaniya va Niderlandiya Kiyevga dunyodagi eng yaxshilaridan sanalgan 12 ta PZH-2000 o‘ziyurar artilleriya tizimini beradi. Italiya esa zaxirasidan M109 o‘ziyurar qurollari bilan bo‘lishmoqchi.
Artilleriya tizimlari NATO mamlakatlari zaxiralarida bo‘lgan 155 millimetrli o‘q-dorilarning butun diapazonini o‘qqa tutishga qodir. M982 Excalibur boshqariladigan raketalari katta xavf tug‘diradi. G‘arbda ishlab chiqarilgan gaubitsalar ularni atigi to‘rt metrli dumaloq ehtimoliy og‘ish bilan 57 kilometrgacha uloqtirishadi. Buklanadigan aerodinamik konsollar tufayli raketa ballistik trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidan nishonni rejalashtiradi. Yuqori aniqlikni sputnik boshqaruv tizimi ta’minlaydi.
Biroq, Ukraina Qurolli Kuchlarining bunday snaradlardan ko‘p olishi amri mahol. Chunki bu hatto NATO qarichi bo‘yicha ham, juda qimmat o‘yinchoq: bitta o‘q 70 ming dollar turadi. Ammo oddiy yuqori portlovchi parchalanadigan o‘q-dorilar bilan ham, bu gaubitsalar 30 kilometr masofaga zarba beradi. Shunday ekan Rossiyaning zamonaviy 152 mm.lik “Msta-S” o‘ziyurar qurollarinining imkoniyatlari uniki bilan teng.
Dushanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina uchun “lend-liz” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan hujjat Kiyevga harbiy yordamni soddalashtiradi, shuningdek, Vashington ulashishga tayyor bo‘lgan texnika va texnologiyalar doirasini kengaytiradi. Shunga qaramay, ko‘plab mutaxassislar buni tarozi pallasining UQK foydasiga tortishiga yordam bermasligini atmoqda.
“Lend-liz” to‘g‘risidagi qonun mojaro natijasiga ta’sir qilmaydi, biroq uning davomiyligiga ta’sir qiladi, - deydi Rossiya xalqaro ishlar kengashi eksperti Proxor Tebin. - Bayden ma’muriyati, umuman G‘arb dunyosiga o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va Rossiyani zaiflashtirish maqsadida vaqtni cho‘zish foydali. Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish aynan shu maqsadga xizmat qiladi: Kiyev G‘arb davlatlarining yordamidan foydalanaverib, ularga yanada ko‘proq qaram bo‘lib qoladi”.
Boshqa tomondan esa - Moskva ham G‘arb qurollarining sharqqa cheksiz oqayotganiga qarab turmoqchi emas. Rossiya Harbiy kosmik kuchlari allaqachon Ukraina temir yo‘llarining tortish podstansiyalariga yuqori aniqlikdagi zarbalar berib, aloqa liniyalarining uzun qismlarini yaroqsiz holga keltirgan. Bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega ko‘priklarni buzish choralari ko‘rilyapti. Albatta, yetkazib berishning to‘liq oldini olish mumkin emas, lekin ajal yetaklovchi temirning katta ulushi manzilga yetib bormasligi aniq.