O‘zbekistonga apelsin importi oshmoqda

© Pixabay/pixel2013apelsin
apelsin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 2,1 million dollarga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ushbu yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston 3,3 ming tonna apelsin import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonna ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Import qilinayotgan apelsinning asosiy qismi Erondan sotib olingan.
Eron- 1,4 ming tonna.
Turkiya — 1,1 ming tonna;
Misr — 684,4 tonna;
Qozog‘iston — 82 tonna;
JAR — 56 tonna;
Rossiya — 7,6 tonna.
Ma’lumot uchun, 2020-yilda dunyo bo‘yicha apelsinning o‘rtacha import narxi bir tonna uchun 848 dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Asosiy import qiluvchi mamlakatlar o‘rtasida o‘rtacha narxlarda sezilarli farq bor.
Global ishlab chiqarishning kutilayotgan o‘sishiga qaramay, bu yil apelsin narxida o‘sish kutilmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, apelsinning o‘rtacha yillik narxi yiliga 3 foizga oshadi va 2022-yilda bir kg uchun 0,67 dollarni tashkil qiladi.
Apelsin - sitrus oilasiga mansub mevali daraxt bo‘lib u asosan tropik va subtropik davlatlarda o‘sadi. Dastlab Xitoyda madaniylashtirilgan ushbu meva keyinchalik Yevropa va boshqa hududlarda tarqalgan. Apelsin vitaminlar va pektinga boy meva bo‘lgani uchun insonning yurak, oshqozon-ichak, jigar va qon tomirlari uchun foydali hisoblanadi. Apelsin sharbati dunyoda eng ommaviy sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan meva sharbati hisoblanadi. 1974-yildan 2004-yilga qadar dunyoda apelsin yetishtirish hajmi ikki baravar oshgan. Eng ko‘p apelsin yetishtiruvchi davlatlar bu - Braziliya - 16,7 (mlrd.t), Xitoy - 9,1, Hindiston - 8,3, AQSh - 4,8, Meksika - 4,7, Ispaniya - 3,6, Misr - 3,2, Indoneziya - 2,5, Turkiya - 1,9, Eron -1,8, JAR - 1,7, Pokiston - 1,5, Italiya - 1,5.
Yangiliklar lentasi
0