“Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi

© Novosti UzbekistanaGazoviy elektronniy schetchik
Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Mirobod va Shayxontohur tumanlarida ko‘p kvartirali uy xonadonlariga sinov tariqasida o‘rnatilgan “Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Poytaxtning Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga o‘rnatilgan “Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Koreyaning "K-Water" korporatsiyasi bilan hamkorlikda ko‘p kvartirali uylardagi 8 450 ta xonadonda sinov tariqasida “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Suv hisoblagichlarini o‘rnatish suv sarfini aniq monitoring qilish va shu tariqa ortiqcha suv sarflanishining oldini olish, shuningdek, ma’lumotlarni masofadan turib yuborish imkonini beradi”, deydi Akmal Murodov.
Aytilishicha, aprel oyi holatiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatining billing tizimida 4,2 million nafar abonent mavjud bo‘lib, ulardan 60 foizi suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan.
Iste’molchilarni suv hisoblagichlari bilan ta’minlash maqsadida o‘tgan yilda mamlakat bo‘ylab 312 mingta suv hisoblagichlari o‘rnatildi. Bu yil 225 mingta suv hisoblagichini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lsa, shundan ularning 121 mingtasi yanvar-aprel oylarida o‘rnatib bo‘lindi.
Shuningdek, 2022-2024 yillarda suv inshootlari, magistral va ko‘cha boshidagi tarmoqlariga jami 15 579 ta suv hisoblagichini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, respublika hududlarida so‘nggi 5-yilda 6 mln 500 ming aholi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi. 4 mln 500 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.
2022-2026 yillarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini qariyb 87 foizga yetkazish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0