Zaxarova Litva seymining Rossiyaga oid qarorini ekstremistik deb atadi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del RF Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del RF Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili: Litva tomonidan Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb tan olish – ekstremistik qaror.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Litva seymining Rossiyaning go‘yoki terrorchilik faoliyati to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi ekstremistik qarordir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Shunga o‘xshash... hujjatlar, deklaratsiyalar, bayonotlar qabul qilinayotgan mamlakatlarda umuman olganda ekstremistik qadam tashlashmoqda, ularni boshqacha atab bo‘lmaydi... Barcha bu mamlakatlar NATOga a’zo. So‘nggi o‘n yillar davomida biz ko‘plab insoniy qurbonlarga olib kelgan NATOning g‘ayriqonuniy, tajovuzkor xatti-harakatlarini bir necha marta ko‘rdik”, - dedi Zaxarova Sputnik radiosi efirida.
Shuningdek, diplomat Litvaning bu qaroriga provokatsiyaga qaragandek qarash lozimligini qo‘shimcha qildi, zero “Ukrainadagi g‘oyat murakkab vaziyatni tartibga solish istagiga” buning hech qanday aloqasi yo‘q. Litva NATOga a’zo va ilgari hech qachon alyansning xatti-harakatlaridan xavotir bildirmagan, na Yugoslaviyadagi bombardimonlarda, na Iroqdagi urush paytidagi.
Avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov Litva seymining Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb atash to‘g‘risidagi qarori ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning uzilishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0