Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati Rossiya tarkibiga kiritishni so‘raydi - ma’muriyat

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishNad zdaniyem goradministratsii Xersona vodruzili rossiyskiy flag
Nad zdaniyem goradministratsii Xersona vodruzili  rossiyskiy flag - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 11-may - Sputnik. Xerson viloyati hokimiyati Vladimir Putinga viloyatni Rossiya tarkibiga kiritish iltimosi bilan murojaat qiladi, dedi viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov. RIA Novosti xabariga asosan.

"Xerson shahri - bu Rossiya, hech qanday Xerson Xalq Respublikasi tuzilmaydi, referendum o‘tkazilmaydi. Bu Xerson viloyati rahbariyatning Rossiya Federatsiyasi prezidentiga murojaatiga asoslangan yagona farmon bo‘ladi va unda viloyatni Rossiyaning to‘laqonli hududi sifatida tan olish haqidagi iltimosidan iborat bo‘ladi", - dedi u.

Stremousovning qo‘shimcha qilishicha, yil oxirigacha mintaqa butunlay Rossiya qonunchiligiga o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiya harbiylari butun Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga olgan. Hududlarda fuqarolik-harbiy boshqarmalar tuzildi. Shu tariqa Ukraina Azov dengizidan butunlay uzib qo‘yildi. Shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlarini DXR bilan bog‘lash imkoni paydo bo‘ldi.
“Yedinaya Rossiya” Bosh Kengashi kotibi Andrey Turchak 7-may kuni aytganidek, "Rossiya Xerson viloyatiga abadiy keldi va uning aholisi mintaqa maqomini belgilaydi". O‘z navbatida, viloyat ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo mintaqa allaqachon Rossiya katta oilasining ajralmas qismiga aylangan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0