https://oz.sputniknews.uz/20220511/xalq-diplomatiyasi-umuminsoniy-muammolarni-hal-qilishga-xizmat-qiladi---narbaeva-24474753.html
Xalq diplomatiyasi umuminsoniy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi - Narbayeva
Xalq diplomatiyasi umuminsoniy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi - Narbayeva
Sputnik O‘zbekiston
Xalq diplomatiyasi - odamlar orasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali, umumiy muammolarni hal etishning samarali vositasi - Tanzila Narbayeva. 11.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-11T13:15+0500
2022-05-11T13:15+0500
2022-05-11T13:15+0500
siyosat
tanzila norboyeva
diplomatiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19367257_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1980e627811c3ec62dd8aa67e677514d.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Xalq diplomatiyasi forumi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi ezgu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatdir, deydi forumda ishtirok etayotgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva. Senat raisining so‘zlariga ko‘ra, dunyo duch kelayotgan ushbu va boshqa umumiy muammolar davlatlar bir-biri bilan qanchalik chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatadi.“Zamonaviy dunyo globallashuvning qarama-qarshi tendensiyalari ta’sirida o‘zgarib borayotgani, barqaror va inklyuziv rivojlanish yo‘lida yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘layotganiga barchamiz guvohmiz”, - dedi Narbayeva.Senat rahbari bugungi kunda xalq diplomatiyasi har qachongidan ham talabchan bo‘lib, murakkab xalqaro vaziyat fonida u odamlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali umumiy muammolarni hal etishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv” mavzusida ShHT Xalq diplomatiyasi forumi o‘z ishini boshladi.Tadbirda xalqaro tashkilotlar, ShHTga a’zo mamlakatlar parlamentlari, nodavlat tuzilmalar va ilmiy-tahlil markazlari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19367257_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a1243c1deb427befab4e7c725c338e30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tanzila norboyeva, diplomatiya
siyosat, tanzila norboyeva, diplomatiya
Xalq diplomatiyasi umuminsoniy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi - Narbayeva
Xalq diplomatiyasi - odamlar orasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali, umumiy muammolarni hal etishning samarali vositasi - Tanzila Narbayeva.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Xalq diplomatiyasi forumi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi ezgu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatdir,
deydi forumda ishtirok etayotgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva.
“Xalqaro terrorizm, radikalizm, ksenofobiya va irqchilik, xalqaro tizimning yetakchi ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch inqirozining keskinlashuvi global miqyosda kelishilgan harakatlarni hamda mintaqaviy miqyosda birgalikda samarali chora-tadbirlar va javob choralarini ko‘rishni talab qiladi”, - dedi Narbayeva.
Senat raisining so‘zlariga ko‘ra, dunyo duch kelayotgan ushbu va boshqa umumiy muammolar davlatlar bir-biri bilan qanchalik chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatadi.
“Zamonaviy dunyo globallashuvning qarama-qarshi tendensiyalari ta’sirida o‘zgarib borayotgani, barqaror va inklyuziv rivojlanish yo‘lida yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘layotganiga barchamiz guvohmiz”, - dedi Narbayeva.
Senat rahbari bugungi kunda xalq diplomatiyasi har qachongidan ham talabchan bo‘lib, murakkab xalqaro vaziyat fonida u odamlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali umumiy muammolarni hal etishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv” mavzusida ShHT Xalq diplomatiyasi forumi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda xalqaro tashkilotlar, ShHTga a’zo mamlakatlar parlamentlari, nodavlat tuzilmalar va ilmiy-tahlil markazlari rahbarlari va vakillari
ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.