Iqtisod

Toshkent viloyatidagi ayrim yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka oʻtishPosevnaya risa v Krasnodarskom kraye
Posevnaya risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Viloyat hokimining qarorida aytilishiga koʻra, Bekobod, Boʻka, Yangiyoʻl, Qibray tumanlaridagi yerlar foydalanuvchilar arizasiga asosan davlat zahirasiga qaytarilgan.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Bekobod, Boʻka, Yangiyoʻl, Qibray tumanlaridagi ayrim maydonlar davlat zaxirasiga qaytariladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyati hokimi imzolagan 283-10-0-Q/22-sonli qarorga koʻra, ayrim tumanlardagi yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytariladi.

Xususan, Bekobod tumanida jami 253,3 gektar, Boʻka tumanida 32,69 gektar, Yangiyoʻl tumanida 56,8 gektar va Qibray tumanida 17 gektar yerlar davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, tuman hokimliklari bilan birgalikda zaxiraga qaytarilgan yer uchastkalaridan belgilangan tartibda samarali foydalanish choralarini koʻradi.
Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi zimmasiga yuklatildi.
Yer kodeksiga koʻra, korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obʼyektlar bilan birgalikda undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0