https://oz.sputniknews.uz/20220511/ozbekiston-140-davlat-bilan-diplomatik-munosabatlar-ornatdi-24483100.html
O‘zbekiston 140-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston 140-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi. 11.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-11T18:50+0500
2022-05-11T18:50+0500
2022-05-11T18:50+0500
siyosat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24482946_0:45:753:469_1920x0_80_0_0_6db07f247f9a1b71784bd92cf0b18055.png
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Sent-Vinsent va Grenadin orollari O‘zbekiston bilan diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan 140-mamlakat bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" agentligi xabar berdi.10 may kuni Nyu-Yorkda ikki mamlakatning BMTdagi doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Inga Ronda King diplomatik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommunikeni imzoladi.Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari doirasida birgalikdagi ishlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishilgan.Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020—2021 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018—2019 yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mayida Dominika O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 137, Panama 138-davlat bo‘lgan edi. 2022-yil 9-mart kuni esa Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi bilan diplomatiya aloqalar o‘rnatildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24482946_30:0:697:500_1920x0_80_0_0_f52f33be130670eb78df1bbd3352f5e3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston
O‘zbekiston 140-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Sent-Vinsent va Grenadin orollari O‘zbekiston bilan diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan 140-mamlakat bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" agentligi
xabar berdi.
10 may kuni Nyu-Yorkda ikki mamlakatning BMTdagi doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Inga Ronda King diplomatik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommunikeni imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari doirasida birgalikdagi ishlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020—2021 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018—2019 yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mayida Dominika O‘zbekiston diplomatik aloqalar
o‘rnatgan 137, Panama 138-davlat
bo‘lgan edi. 2022-yil 9-mart kuni esa Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi bilan diplomatiya aloqalar o‘rnatildi.