https://oz.sputniknews.uz/20220511/markaziy-bank-bankomatlardagi-naqd-pul-etishmayotgani-haqidagi-xabarga-munosabat-bildirdi-24481865.html
Markaziy bank bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Markaziy bank bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 11.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-11T17:04+0500
2022-05-11T17:04+0500
2022-05-11T17:04+0500
iqtisod
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24118191_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_7d4a64980fee9fab0aca7fcefcea9f5c.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.Ta’kidlanishicha, mart oyi ikkinchi yarmidan boshlangan milliy valyuta – so‘mda naqd pulga bo‘lgan talabning keskin ortgan. Bank muomalaga mart oyida 1 trln. 119 mlrd. so‘m, aprel oyida – 6 trln. 343 mlrd. so‘m, may oyining o‘tgan 11 kunida 1 trln. 100 mlrd. so‘m qo‘shimcha naqd pullarni chiqargan.Jumladan, mart-aprel oylarida qo‘shimcha chiqarilgan naqd pullarning 8 trln. so‘mi aholining naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan keskin oshgan talabini (ushbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln. so‘mdan 19,3 trln. so‘mga yetgan), 4-4,5 trln. so‘mi bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga bo‘lgan qo‘shimcha talabni (17 trln. so‘mdan 22 trln. so‘mga yetgan) qondirishga yo‘naltirilgan.Mavsumiy iqtisodiy faollikning ortishi sababli 2021-yilning mart-may oylarida Markaziy bank muomalaga qo‘shimcha ravishda 2,5 trln. so‘m naqd pul chiqargan bo‘lsa, joriy yilning mart-aprel oylarining o‘zida (may oyini hisobga olmaganda) bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshdi.Bank yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilishlar naqd pullarni joylarga yetkazib berish, ya’ni logistikasi va bankomatlarga joylashtirish bilan bog‘liq ekani va bu nazoratga olinganligini ta’kidlagan.Rossiyadan pul o‘tkazmalarini qabul qilishda muammo yo‘q - Qo‘chqorov
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24118191_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4d0508536a70e1900e3c0552d2834fd7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank
Markaziy bank bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, mart oyi ikkinchi yarmidan boshlangan milliy valyuta – so‘mda naqd pulga bo‘lgan talabning keskin ortgan. Bank muomalaga mart oyida 1 trln. 119 mlrd. so‘m, aprel oyida – 6 trln. 343 mlrd. so‘m, may oyining o‘tgan 11 kunida 1 trln. 100 mlrd. so‘m qo‘shimcha naqd pullarni chiqargan.
Jumladan, mart-aprel oylarida qo‘shimcha chiqarilgan naqd pullarning 8 trln. so‘mi aholining naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan keskin oshgan talabini (ushbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln. so‘mdan 19,3 trln. so‘mga yetgan), 4-4,5 trln. so‘mi bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga bo‘lgan qo‘shimcha talabni (17 trln. so‘mdan 22 trln. so‘mga yetgan) qondirishga yo‘naltirilgan.
Mavsumiy iqtisodiy faollikning ortishi sababli 2021-yilning mart-may oylarida Markaziy bank muomalaga qo‘shimcha ravishda 2,5 trln. so‘m naqd pul chiqargan bo‘lsa, joriy yilning mart-aprel oylarining o‘zida (may oyini hisobga olmaganda) bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshdi.
“Markaziy bank tomonidan joylardagi banklar filiallari va bankomatlarni naqd pul bilan ta’minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda va aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralari mavjud”, - deyilgan
xabarda.Bank yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilishlar naqd pullarni joylarga yetkazib berish, ya’ni logistikasi va bankomatlarga joylashtirish bilan bog‘liq ekani va bu nazoratga olinganligini ta’kidlagan.