https://oz.sputniknews.uz/20220511/harbiy-tibbiyot-tarixida-ilk-bor-buyrak-kochirib-otkazish-amaliyoti-otkazildi-24484629.html
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti zaxiradagi serjantda o‘tkazildi. 11.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-11T17:54+0500
2022-05-11T17:54+0500
2022-05-11T17:54+0500
jamiyat
inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24484568_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_94dba96f82205e62c0b07691f2839dcb.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak transplantatsiya amaliyoti o‘tkazildi.Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti buyrak yetishmovchiligi xastaligi sabab harbiy xizmatdan zaxiraga o‘tkazilgan serjant Shuhrat Ziyotovda o‘tkazilgan. Unga uning turmush o‘rtog‘i donor bo‘ldi. Amaliyot 7 soatdan oshiq vaqt davom etgan.Bemor Shuhrat Ziyotov 18-yildan ortiq vaqt davomida harbiy xizmatda bo‘lgan. 2018-yili sog‘ligida muammo kuzatilgach, zaxiraga o‘tkazilgan. O‘tgan vaqt davomida sog‘ligi yaxshilanavermagach, Mudofaa vazirligi rahbariyatiga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashgan jarrohlik markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv-diagnoz natijalariga ko‘ra, buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti zarurligi aniqlangan.Operatsiyagacha bo‘lgan vaqt davomida kerakli barcha dori-darmon, muolajalar bepul o‘tkazildi.Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda harbiy gospitalning yangi 8 qavatlik binosi to‘liq foydalanishga topshiriladi. U yerda nafaqat harbiy soha vakillari va ularning oila a’zolari balki, boshqa fuqarolarga ham tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24484568_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bc2cb020739d1c9da53712fbe3ae04e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
jamiyat, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi
Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti zaxiradagi serjantda o‘tkazildi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak transplantatsiya amaliyoti o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti buyrak yetishmovchiligi xastaligi sabab harbiy xizmatdan zaxiraga o‘tkazilgan serjant Shuhrat Ziyotovda o‘tkazilgan. Unga uning turmush o‘rtog‘i donor bo‘ldi. Amaliyot 7 soatdan oshiq vaqt davom etgan.
Bemor Shuhrat Ziyotov 18-yildan ortiq vaqt davomida harbiy xizmatda bo‘lgan. 2018-yili sog‘ligida muammo kuzatilgach, zaxiraga o‘tkazilgan. O‘tgan vaqt davomida sog‘ligi yaxshilanavermagach, Mudofaa vazirligi rahbariyatiga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.
Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashgan jarrohlik markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv-diagnoz natijalariga ko‘ra, buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti zarurligi aniqlangan.
Operatsiyagacha bo‘lgan vaqt davomida kerakli barcha dori-darmon, muolajalar bepul o‘tkazildi.
“Hozirda ikkalalarining ham ahvoli yaxshi. Bu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda Mudofaa vazirligining o‘rni katta. Zarur jarrohlik asbob-uskunalari hamda dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlab berishdi. Qolaversa, bundan buyon bemor va donorning to‘liq tuzalib ketguniga qadar nazorat ostida bo‘ladi”, - deydi bosh jarrohi Ulug‘bek Rasulov.
Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda harbiy gospitalning yangi 8 qavatlik binosi to‘liq foydalanishga topshiriladi. U yerda nafaqat harbiy soha vakillari va ularning oila a’zolari balki, boshqa fuqarolarga ham tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.