Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi

Nuriddin Abduraximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov xastalikdan so‘ng 44 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov betoblikdan so‘ng vafot etdi vafot etdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdurahimov yanvar oyida Angren shahri hokimini lavozimini egallagan edi.
Nuriddin Abdurahimov 1978-yilda Piskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan (bakalavr — 1999, magistratura — 2001).
Mehnat faoliyati davomida Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, "O‘zkimosanoat" kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligida ishlagan. Hokim etib tayinlanguniga qadar Abdurahimov Prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0