Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tamaki chekish og‘iz bo‘shlig‘i saratoniga olib keladi

© Sputnik / Konstantin ChalabovMujchina kurit sigaretu
Mujchina kurit sigaretu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna bo‘lish
Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar iste’mol qilish og‘iz saratoniga chalinish ehtimolini 30 barovar ko‘paytiradi.
Tamaki chekish o‘pka va nafas yo‘llari saratoniga olib keladi. Ammo bu zararli odat og‘iz bo‘shlig‘i saratoni kasalligiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida Focus.de portali xabar berdi.
Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar iste’mol qilish og‘iz saratoni kasaliga chalinish ehtimolini 30 barobarga ko‘paytiradi. Chunki, sigareta tutunida minglab zararli birikmalar bor. Ularning kamida 90 tasi kanserrogen moddalardir.
Shunday qilib, sigaretaning tutuni bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha to‘qimalar zararlanishi mumkin va hujayralar mutatsiyaga uchraydi. Spirtli ichimliklar shilliq qavatni o‘tkazuvchanligini oshirib salomatlikni yanada jiddiylashtiradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i saratoni ko‘pincha rivojlangan bosqichda aniqlanadi. Kasallikning dastlabki alomatlariga e’tibor berish nihoyatda muhim, ularning aniqlashishi kasallik bilan muvaffaqiyatli kurashishga yordam beradi. Bunday alomatlar shilliq qavatning shikastlanishi, bitmaydigan yaralar, shish, qizarish, yengil qon ketish va umumiy o‘zgarishlar (notekisliklar, chuqurchalar) bo‘lishi mumkin.
Muntazam tish shifokori ko‘rigida bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ining holatini kuzatish lozim. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik, doimiy bosim nuqtalarining mavjudligi (noto‘g‘ri o‘rnatilgan braketlar yoki protezlar tufayli), tarkibi go‘sht va qovurilgan taomlar bo‘lgan ratsion ham kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘i saratoni allaqachon rivojlangan bo‘lsa ham, ko‘plab alomatlar baribir e’tibordan chetda qoladi. Agar zichliklar, ko‘p qon ketish, qizil yoki oq dog‘lar, tilning harakatchanligi cheklanishi, tupukning ko‘payishi, chaynash va yutishda qiyinchilik bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Yangiliklar lentasi
0