https://oz.sputniknews.uz/20220510/rossiyada-tashqi-mehnat-migratsiyasi-agentligining-10-ta-vakolatxonasi-ochiladi-24460368.html
Rossiyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 10 ta vakolatxonasi ochiladi
Rossiyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 10 ta vakolatxonasi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning 10 ta hududida o‘z vakolatxonalarini ochadi.
2022-05-10T14:44+0500
2022-05-10T14:44+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
migratsiya
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/33/46/334637_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_490e979a373a99ad0500fe28a2cfc8fa.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiyaning yana o‘nta hududida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari ochiladi va ularning umumiy soni 16 tani tashkil etadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Amur, Volgograd, Voronej, Irkutsk, Nijniy Novgorod, Tula viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm viloyatlari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yangi bo‘limlari ochiladi.Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 10-may kuni vakolatxonalar rahbarlari ish boshlash uchun Rossiya shaharlariga jo‘nab ketgan. Ular avval O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.Ilgari Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa shaharlarida bo‘lim idoralari faoliyat ko‘rsatgan.O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinovning ta’kidlashicha, mazkur vakolatxonalar qoshida migrantlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash markazlari ham tashkil etilmoqda. Ularning vazifalari orasida vatandoshlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish ham bor.Umuman olganda, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda, bu xorijda mehnat qilayotgan respublika rezidentlarining 67,3 foizini tashkil etadi.2017 yil 5-aprelda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnatga uyushgan holda jalb qilish va jalb etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/33/46/334637_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_d78c86ae101f79bb6bad352c1c0cd855.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tashqi migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ochiladi
rossiya tashqi migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ochiladi
Rossiyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 10 ta vakolatxonasi ochiladi
14:44 10.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiyaning yana o‘nta hududida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari ochiladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiyaning yana o‘nta hududida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari ochiladi va ularning umumiy soni 16 tani tashkil etadi.
Bu haqda agentlik matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Amur, Volgograd, Voronej, Irkutsk, Nijniy Novgorod, Tula viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm viloyatlari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yangi bo‘limlari ochiladi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 10-may kuni vakolatxonalar rahbarlari ish boshlash uchun Rossiya shaharlariga jo‘nab ketgan. Ular avval O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Ilgari Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa shaharlarida bo‘lim idoralari faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinovning ta’kidlashicha, mazkur vakolatxonalar qoshida migrantlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash markazlari ham tashkil etilmoqda. Ularning vazifalari orasida vatandoshlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish ham bor.
Umuman olganda, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda, bu xorijda mehnat qilayotgan respublika rezidentlarining 67,3 foizini tashkil etadi.
2017 yil 5-aprelda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnatga uyushgan holda jalb qilish va jalb etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.