Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevning Ilon oroli hududidagi yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi
23:52 10.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Vitaliy BelousovZdanie Ministerstva oboroni Rossiyskoy Federatsii na Frunzenskoy naberejnoy v Moskve.
© Sputnik / Vitaliy Belousov
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimi bir necha kun ichida Ilon (Zmeiniy) oroli hududida 30 ta dronlari, 50 nafardan ziyod harbiylaridan ayrilgan.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Kiyev rejimi Ilon (Zmeiniy) oroli hududida 30 ta uchuvchisiz uchar qurilmalari, 50 nafardan ziyod ukrainalik jangarilarini yo‘qotgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov brifing davomida ma’lum qildi.
Konashenkov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Qora dengizdagi Ilon orolini egallab olishga urinishda Ukraina armiyasi 4 ta jangovar samolyoti, 10 ta vertoloti, 3 ta kateridan ayrilgan.
Bundan tashqari, idoraning aniqlik kiritishicha, Ilon orolini egallab olishga urinishda yana 6 ta Mi-8 va Mi-24 vertolotlari jalb qilingan bo‘lgan. Ular Odessa viloyatining Arsiz hududida yakson qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning orolni egallab olishga bo‘lgan urishi harbiy nuqtayi nazaridan behuda bo‘lgan deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, orolda 27 nafar ukrain maxsus bo‘linmalari jangarilari va millatchilarining jasadi qolmoqda.
RIA Novostining Rossiya Qurolli kuchlaridagi manbasiga tayangan holda xabar berishicha, britaniyaliklar tomonidan o‘ylangan Ilon oroliga hujum qilish to‘g‘risidagi farmonni Ukraina prezident Vladimir Zelenskiyning shaxsan o‘zi bergan. Zelenskiy 9-may kuniga biror natija bo‘lishini talab qilgan, Bosh shtab qarshi bo‘lgan. Manbaning ta’kidlashicha, Ilon oroliga hujumning yakuni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Zelenskiyning “g‘alaba” deb ataluvchi qo‘shma bayonoti bo‘lishi kerak bo‘lgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.