Qozonni teshgan o‘q, frontdagi beboshliklar – urush qatnashchisi xotiralari

© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna bo‘lish
XX asrning eng murakkab sinovi- Ikkinchi Jahon urushi- millionlab insonlarni yetim qoldirdi, o‘n millionlab taqdirlarni barbod qildi. Ammo frontga shoshilgan yosh yigitlar uchun bu dahshatli sarguzashtdek kechgan.
Urush bo‘layotgan vaqtda Chingiz Zalyalyutdinov atigi 16 yoshda edi. Dahshatli xabarni u tog‘larda, Chust viloyatida ta’tilga chiqqanida eshitdi. Yigit bir yilcha mahalliy to‘qimachilik korxonasida tokar bo‘lib ishlagan. Fashist Germaniyasining hujumi haqida bilgandan so‘ng, nima bo‘lmasin, urushga borishga qaror qildi.

“Toshkentga kelganda birinchi qilgan ishim do‘stim Fridka Morozov bilan harbiy komissariatga borish bo‘ldi. Bizni urushga jo‘natishlarini talab qilib komissariat qabulxonasida tunab qolganmiz. Militsiya ikkalamizni ham uyga olib borib qo‘ydi. Men urushga borishga ulgurmayman deb qo‘rqqandim”.

Do‘stim mendan kattaroq edi, uni chaqirishdi. Men esa Toshkentdagi pulemot-minomot bilim yurtiga o‘qishga kirdim. Kichik leytenant unvonini oldim va pulemot vzvod komandiri bo‘ldim”, - deb eslaydi Chingiz Zalyalyutdinov.

“Eh, bolam, hali uzoq yashar ekansan. Qo‘rqma”

U frontga faqat 1943-yilda 104-gvardiya polki tarkibida keldi. Uning bo‘linmasi Ukrainaning Kirovograd viloyatiga ko‘chirishdi.
“Loy shunaqangi ko‘p ediki, hatto tanklar yurishga qiynalardi. Ikki g‘ildirakli “Maksim” og‘ir pulemotlarimiz loy ichida suzib yurardi. Men ularni qo‘lda olib yurishga yordam berdim. Vzvod komandiri sifatidagi vazifam - pulemotlarni botqoqdan olib chiqish, ularni tozalash va jangni davom ettirish uchun quruqroq joy topish edi. Bu qurol dushmanning katta guruhlariga o‘t ochish uchun ham eng yaxshisi edi. Pulemotlarimizga qarshi nemislarning hech qanday imkoniyati yo‘q edi. Biz xuddi Chapayevning “Anka”siga o‘xshab, fashistlarni yer tishlatardik”, - deydi urush qatnashchisi.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Yosh askarning frontdagi ilk lahzalari uning uchun dahshatli yakun topishi mumkin edi. Chingiz Kabirovichning ta’kidlaganidek, o‘sha vaziyatda u o‘zini ahmoqona tutgan va yashab qolishga yana bir imkon bergani uchun taqdirdan minnatdor bo‘lishi kerak. U tushlik tarqatilayotgan okopga tushdi. Endigina kelgan yangi harbiyning hali o‘z qozoni, qoshig‘i yo‘q, shuning uchun otasi tengi brigadir ovqatlanib bo‘lgan askarlardan birining qozonini olib, unga berdi.
“Ovqat suyuq, qoshiq esa yo‘q. Starshina “qozonning chetidan ich” dedi. Iloj qancha. Sho‘rvani ichish uchun turib okopdan boshimni chiqardim va... shu payt bir o‘q uchib kelib qozonni teshdi. Askarlar buni ko‘rib toshdek qotib qoldi. Starshina esa meni bag‘riga bosib: “Eh, bolam, hali uzoq yashar ekansan. Qo‘rqma” deb yig‘lab yubordi”, - xotirlaydi Zalyalyutdinov.
Qahramonimizning aytishicha, o‘sha payti u va uning xizmatdoshlari hali juda yosh bo‘lgani uchun urushning bor xavf-xatarini anglab yetmagan. Hech narsadan qo‘rqmay, urush qilishga oshiqqan. Ularning oilasi yo‘q, shu sababli o‘z hayoti uchun qo‘rquv hissi ham bo‘lmagan.
Front qatnashchisi harbiy maktab bitiruvchilari bilan poyezdda sayohat qilganliklari haqidagi voqeani yaxshi xotirlaydi. Bir manzilda poyezd sekinlashdi. Atrofda hammasi tikanli sim bilan o‘ralgan va “EHTIYoT BO‘LING, MINALAR” degan yozuv bor. Uzoqroqda, okop ichida pulemot yotibdi.
“Pulemotchi yigitlar shunda jim o‘tiradi deb o‘ylaysizmi? Bir yigit poyezddan sakrab tushib, tashlab ketilgan qurolni olish uchun yugurib ketdi. Qurolni olib, qaytayotganda, minaga tutashib ketdi. Ikkita oyog‘idan ajraldi. Mana yoshligimiz, beboshligimiz qanday oqibatlarga olib kelgan”, - deb xo‘rsinib qo‘yadi Chingiz Kabirovich.
Qahramonimiz 1943-yil dekabr oyida jarohat oldi. Katushalar jang maydonini tozalagandan so‘ng, uning bo‘linmasi askarlari yangi nuqtani egallash uchun okoplardan chiqqan. Shu paytda bir o‘q vzvod komandiri Zalyalyutdinovning qo‘lini yaralab, tirsagi yonidagi suyakni sindirgan. Hushini yo‘qotgan komandirni askarlar yaqin atrofda bo‘lgan oziq-ovqat tashish mashinasiga o‘tkazib kasalxonaga jo‘natishgan – avval Xarkovga, u yerdan tranzitda Moskva orqali Kirovga.

“Qiyinchiliklar bilan sog‘ayasanda va yana bir beboshlikni boshlab o‘tirasan”

Yosh pulemotchining frontdan tashqaridagi davri ham sarguzashtlarga boy bo‘lgan. Yangi 1944-yilni u Xarkov gospitalida kutib olgan. Bolalar va gospitalda davolanayotgan Qizil Armiya askarlari ko‘chada chang‘i uchishardi. Chingiz Kabirovich ham ofitser sifatida chang‘ida uchishni bilishi kerak edi.
“Sveta - yarador askarlarni o‘rgatuvchi sportchi, menga tayoq bilan surish, tanani ushlab turish va boshqa harakatlarni ko‘rsatdi. Biroz tuzalgach, o‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Tinchgina kasalxona eshigidan tashqariga chiqdim. Pastga qarab ketuvchi yo‘lak bor edi. Katta ko‘cha bo‘ylab inersiya bilan uchib ketdim. Qo‘limdan hech narsa kelmasdi- hech bo‘lmasa yiqilmasam deb o‘ylayman. Qarasam, sutli ikkita bidonni obkashga ortib olgan ayol kelyapti. Yaxshiyamki, bidonning qopqoqlari yopiq ekan. Men unga bor tezlikda uchib bordim. Ikkalamiz dumalab ketdik. Meni zambilda gospitalda olib kelishdi”, - deydi Chingiz Kabirovich jiddiy ohangda.
Yosh, qiziqqon jangchi o‘shanda komandirdan eshitadiganini eshitgan.
“Nima sen yana frontga borishni xohlamaysanmi? Nimalar qilyapsan? Zo‘rg‘a tuzalayotgan bo‘lsang, nima yana beboshlik?”- deb o‘zini tergardi komissar.
Jarohat, albatta kuchaydi, shuning uchun davolanish yana bir necha oyga cho‘zildi.
1944 yil fevral oyida gospitaldan chiqqanidan so‘ng Zalyalutdinov Ural harbiy okrugi ixtiyoriga yuborildi. U yerda u Oliy tank va miltiq maktabida tahsil oldi, lekin ular uni frontga qaytarishga shoshilmadilar – jarohat hali tuzalmagan edi. Shunday qilib, boshqa to‘liq tiklanmagan jangchilar bilan birga u front ortida xizmat qilishni davom ettirdi.

“Axir bu ota sening akang tengiku”

Zalyalutdinovlar oilasidan otasi Kabir va ukasi Elbek frontda jang qilgan. Uralga kelgunicha yarador bo‘lgan Chingiz na uydan, na frontdan xat olgan, shuning uchun u qarindoshlarining qayerdaligini, tirikmi yoki yo‘qligini ham bilmas edi.
Zalyalutdinovning otasi tankchi edi. Polshadagi bo‘linmasi mag‘lubiyatga uchragach, u Nijniy Tagildagi zavodga yangi tanklar olish uchun keldi. O‘g‘lining kasalxonada ekanligini bilgach, ko‘rgani bordi.
“O‘quv korpusi komandiridan otamni ko‘rish uchun bir kunga ruxsat so‘radim, u yo‘llanma yozib berdi. Dadamni ko‘rib, yoniga borayotganimda, komandir orqamdan: “To‘xta! Otang qani? Menga yolg‘on gapirdingmi? U senga qanday ota bo‘lsin - juda yoshku. Bu sening akangmi boshqasimi. Bu nimasi?” Shunda dadam kelib, o‘zini tanishtirdi, mening haqiqatan ham uning o‘g‘li ekanligimni tasdiqlab, partiya bileti va harbiy biletini ko‘rsatdi. Boshliq kulib, kechirim so‘radi”, – deb ta’sirli daqiqalarni eslaydi qahramonimiz.
Oilaviy suratga qarab, rostdan ham ularning ikki aka-uka emas, ota va o‘g‘il ekanligiga ishonish qiyin. Zalyalyutdinovlar oilasi urushdan uyga eson-omon qaytishdi - otasi ham, uzoq va baxtli hayot kechirgan akasi Elbek ham.

Elbadagi uchrashuv

Jarohatini davolab, urush oxiriga kelib, Chingiz front uchun zaxira bo‘lgan polk tarkibiga o‘tdi. Tankga qarshi qurollar qo‘mondoni sifatida Zalyalutdinov askarlarni tayyorlagan. 1945-yilda rotaning bir qismi sifatida u yana Kenigsberg (Kaliningrad) yaqinidagi frontga qaytgan. Vazifa tugagandan so‘ng, bo‘linmalar 1-Ukraina frontiga Berlinga hujum qilishda yordam berish uchun yuborildi.
Berlin jangi allaqachon tugagan, ammo nemis qo‘shinlari hali ham qarshilik ko‘rsatar edi.
“Biz amerikaliklar natsistlar qo‘liga o‘tmasligi uchun Elba bo‘ylab to‘siqlar o‘rnatdik. 4-5 may kunlari edi. Bosh shtab boshlig‘i meni sulh tuzishga va natsistlarni taslim bo‘lishga ishontirishga chaqirdi. Men esa nemis tilida “Gitler kaput”dan tashqari, hech narsa bilmasdim, ikki nafar ofitser-tarjimonni yordamga berishdi – men otdaman, ular velosipedda”, - deydi Chingiz Kabirovich.
O‘tish vaqtida bo‘linishga to‘g‘ri keldi va Chingiz belgilangan joyga borgach, o‘z safdoshlarini topa olmadi. Nemis bo‘linmalariga yetib borib dushman pozitsiyasida yolg‘iz qoldi, tilni esa bilmaydi.
“Cho‘ntagimdan oq bayroqni chiqarib, silkita boshladim, chunki o‘sha paytda menda qurol bo‘lmasligi kerak edi. Ularning shtab-avtobusiga yaqinlashdik. U yerda to‘rtta general o‘tirgan edi. Kirdim, lekin qanday aytish kerakligini bilmayman. Men xaritadan yo‘lni ularga qalam bilan ko‘rsatib raqamlarni yozaman - 50-armiya, uchinchisi oldinda. Yigirma daqiqa davomida men ularga xaritada imo-ishoralar bilan tushuntirdim: bu yerga borsangiz - “pux- pux” va barmog‘imni bo‘ynimga olib borib halok bo‘lasizlar degandek ishora qilaman. Ular tushungandek boshlarini qimirlatishdi. Qorong‘i tushdi, men: “Bo‘ldi - meni tashqariga chiqarib, boshimdan o‘q uzishadi” deb o‘yladim. Va shu payt shtab boshlig‘i yetib keldi – u ham yolg‘iz!.. Meni ko‘rib hayron bo‘ldi – bu yerda nima qilib yuribsan? dedi”, – urushning so‘nggi soatlarini eslaydi Chingiz Kabirovich.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Haligacha hech narsani tushunmagan ofitser 20 ta mashina va askar tayyorlash haqida buyruq oldi va o‘z mashinasiga yetib borgach, hamma allaqachon ketganini ko‘rdi - jangovar harakatlar tugagan edi.

Tankdan buldozerga

Urushdan keyin Chingiz Kabirovich birdaniga Toshkentga qaytmadi - bir qancha vaqt janglarda qiynalgan otradlar, bo‘linmalar va boshqa bo‘linmalarni tiklashga yordam berdi. Bu ish tufayli jangchi buldozer boshqarishni o‘rgandi.
“1951-yilda uyga qaytdim. Yangiyo‘lda birinchi ixtisosligim - avtotraktor stansiyasida tokarlik bo‘yicha ishladim. Ikki haftadan keyin direktor chaqirib buldozer haydashni bilasanmi deb so‘radi. Men bu texnikada ishlaganman, deb javob berdim. Menga birinchi navbatda avtomashinani stansiyadan haydash, keyin esa zavod hududini chiqindidan tozalash buyrug‘i berildi. Tozalash uchun yarim soat vaqt ketdi. Esimda, hamma tomosha qilish uchun chiqqandi - bizda buldozerni hech kim ko‘rmagan, hamma uchun ajabtovur texnika edi”, - deydi qahramonimiz.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Chingiz Zalyalutdinovning parad kitelida o‘ndan ortiq ordenlar, jumladan, “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Kenigsbergni qo‘lga kiritgani uchun” medallari, “Vatan urushi” ordeni, shuningdek SSSR, Rossiya va O‘zbekiston esdalik medallari bor.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Chingiz Zalyalyutdinov
Urush faxriysining katta ahil oilasi: ikki qizi, to‘rtta nabirasi va uchta chevarasi bor. Darvoqe, chevaralaridan biri, 7 yoshli Aslan katta bobosining izidan borgan, harbiy maktabda o‘qiydi.
Yangiliklar lentasi
0