Yana bir oltin: Tursunoy Jabborova chempion bo‘ldi

© Natsionalniy Olimpiyskiy komitet Uzbekistana Tursunoy Djabbarova zavoyevala zolotuyu medal molodejnom chempionate mira po tajeloy atletike v Gretsii
Tursunoy Djabbarova zavoyevala zolotuyu medal molodejnom chempionate mira po tajeloy atletike v Gretsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna bo‘lish
Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Gretsiyada o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida -87 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbek sportchisi dast ko‘tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 9 kgga ortda qoldirdi.
Jabborova siltab ko‘tarish mashqida 129 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Sportchining ikki kurashdagi 238 kg natijasiga hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempion bo‘ldi.
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 238 (109+129) kg
2. Entenza Reyes (Kuba) – 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSh) – 222 (99+123) kg
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Sharofiddin Amriddinov ham -102 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar lentasi
0