https://oz.sputniknews.uz/20220510/fuqaro-oz-uyidan-saljukiylarning-oltin-tangasini-topib-oldi-24459161.html
Fuqaro o‘z uyidan saljukiylarning oltin tangasini topib oldi
Fuqaro o‘z uyidan saljukiylarning oltin tangasini topib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev xonadonidan saljukiylar oltin dinori va kulolchilik buyumlari parchalari topildi.
2022-05-10T13:07+0500
2022-05-10T13:07+0500
2022-05-10T13:07+0500
jamiyat
termiz
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/751/31/7513154_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_703861efbec89b5561a81123169ccfe8.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev xonadonidan saljukiylar oltin dinori va kulolchilik buyumlari parchalari topildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi. Oltin dinorni Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida topib olgan. U topilma haqida Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi.Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borganida, qazilma maydonida dastlabki ish jarayoni olib borildi.U yerdan Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari ham topilgan.Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi.Mutaxassislar oltin dinorning old tomonidagi “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. U shikastlanganiga qaramay, yaxshi saqlanib qolingan. Uning og‘irligi 1,92 grammga teng.Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirdi. Unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berildi.Aytilishicha, bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20-yil to‘ladi. Shu yilgacha muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.Termiz o‘zining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar o‘rtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar obyektiga aylangan. 10-asrning 2 yarmida shahar qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar joyi bo‘ldi.
termiz
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/751/31/7513154_124:0:875:563_1920x0_80_0_0_25bdb1448ae26598f88c2990f59abdec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fuqaro o‘z uyidan saljukiylarning oltin tangasini topib oldi
fuqaro o‘z uyidan saljukiylarning oltin tangasini topib oldi
Fuqaro o‘z uyidan saljukiylarning oltin tangasini topib oldi
Termizda topilgan saljukiylar oltin dinori Termiz arxeologiya muzeyining birinchi tilla tanga eksponatiga aylandi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev xonadonidan saljukiylar oltin dinori va kulolchilik buyumlari parchalari topildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi
xabar berdi.
Oltin dinorni Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida topib olgan. U topilma haqida Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi.
Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borganida, qazilma maydonida dastlabki ish jarayoni olib borildi.
U yerdan Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari ham topilgan.
Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi.
Mutaxassislar oltin dinorning old tomonidagi “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. U shikastlanganiga qaramay, yaxshi saqlanib qolingan. Uning og‘irligi 1,92 grammga teng.
Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirdi. Unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berildi.
Aytilishicha, bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20-yil to‘ladi. Shu yilgacha muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.
Termiz o‘zining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar o‘rtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar obyektiga aylangan. 10-asrning 2 yarmida shahar qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar joyi bo‘ldi.