https://oz.sputniknews.uz/20220510/fargonada-ilk-bor-murakkab-jarrohlik-amaliyoti-otkazildi-24457907.html
Farg‘onada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Farg‘onada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
2022-05-10T12:40+0500
2022-05-10T12:40+0500
2022-05-10T12:40+0500
jamiyat
farg‘ona viloyati
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_61:0:2918:1607_1920x0_80_0_0_0e405655d2b37bc716d99bd83c49e499.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Farg‘onada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.SSVga ko‘ra, bemorlardan biri yigirma besh yil yuqori qon bosimidan aziyat chekib kelgan. Ayniqsa, oxirgi yillar kuchli bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, qo‘l-oyoqlarda holsizlik, nutq chalkashishi, ko‘rish qobiliyatining sustlashishi kabi asoratlar bemorni ancha holdan toydirdirgan. Shu yil o‘tkazilgan tomografiya tekshiruvlaridan so‘ng unda ateroskleroz kasalligi aniqlanib, bosh miya qon tomirlari to‘silib qolgani ma’lum bo‘lgan.Yana bir bemorning tibbiy tekshiruvlardan keyin uning uyqu arteriyalarini ateroskelerozdan tozalash kerakligi aniqlangan.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali kardiojarrohi Hondamir Mamadaliyevning aytishicha, uyqu arteriyasini ateroskelerozdan tozalash — anchagina murakkab muolaja. Buning uchun bemorning bo‘yin qismi jarrohlik yo‘li bilan ochilib, bosh miyaga ketgan arterial qon tomirlari xolesterindan tozalanadi. Bunday murakkab operatsiya Farg‘onada ilk bor o‘tkazildi.Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_416:0:2623:1655_1920x0_80_0_0_713e141482c8ebcfff47faa097113b61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘onada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
farg‘onada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Farg‘onada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Farg‘onada ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Farg‘onada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
SSVga ko‘ra, bemorlardan biri yigirma besh yil yuqori qon bosimidan aziyat chekib kelgan. Ayniqsa, oxirgi yillar kuchli bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, qo‘l-oyoqlarda holsizlik, nutq chalkashishi, ko‘rish qobiliyatining sustlashishi kabi asoratlar bemorni ancha holdan toydirdirgan. Shu yil o‘tkazilgan tomografiya tekshiruvlaridan so‘ng unda ateroskleroz kasalligi aniqlanib, bosh miya qon tomirlari to‘silib qolgani ma’lum bo‘lgan.
Yana bir bemorning tibbiy tekshiruvlardan keyin uning uyqu arteriyalarini ateroskelerozdan tozalash kerakligi aniqlangan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali kardiojarrohi Hondamir Mamadaliyevning aytishicha, uyqu arteriyasini ateroskelerozdan tozalash — anchagina murakkab muolaja. Buning uchun bemorning bo‘yin qismi jarrohlik yo‘li bilan ochilib, bosh miyaga ketgan arterial qon tomirlari xolesterindan tozalanadi. Bunday murakkab operatsiya Farg‘onada ilk bor o‘tkazildi.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.