https://oz.sputniknews.uz/20220509/volodin-g7-24452590.html
Volodin G7 Rossiyaning maxsus operatsiyadagi muvaffaqiyatini tan olganini ma’lum qildi
Volodin G7 Rossiyaning maxsus operatsiyadagi muvaffaqiyatini tan olganini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi spikerining fikricha, Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyasining... 09.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-09T21:50+0500
2022-05-09T21:50+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vacheslav volodin
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24452506_0:0:2927:1646_1920x0_80_0_0_f7798c20d1580fb72be7fe1318705b5f.jpg
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ukrainadagi maxsus operatsiyada Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni bildirgan G7 mamlakatlari, bu bilan Moskvaning undagi muvaffaqiyatini tan olishdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi.Volodinning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar maxsus operatsiyaning asosiy maqsadlariga qarshi chiqishmoqda: Ukrainani demilitarizatsiya, denatsifikatsiya qilish, uning blokka qo‘shilmaslik, yadrosiz maqomi hamda Donesk va Lugansk xalq respublikalarining o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqlari.Rossiya Davlat dumasi raisining fikricha, aynan shuning uchun NATO Rossiyaning xavfsizlik masalalariga oid tashabbuslarini qabul qilmagan.“Rossiya ularning NATOni sharqqa kengaytirish rejalarini barbod qildi”, - deb hisoblaydi Volodin.Avvalroq “Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainadagi “g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik” niyatlari haqida ma’lum qilishgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24452506_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_21da5a9807ddae4c6c84d5013aca0cd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vacheslav volodin , ukraina, rossiya
vacheslav volodin , ukraina, rossiya
Volodin G7 Rossiyaning maxsus operatsiyadagi muvaffaqiyatini tan olganini ma’lum qildi
21:50 09.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiya Davlat dumasi spikerining fikricha, Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyasining muvaffaqiyatini tan olishdi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ukrainadagi maxsus operatsiyada Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni bildirgan G7 mamlakatlari, bu bilan Moskvaning undagi muvaffaqiyatini tan olishdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin
ma’lum qildi. "Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyasining muvaffaqiyatini tan olishdi. Bugun G7 mamlakatlari yetakchilari tomonidan qabul qilingan bayonotni xuddi shunday baholash mumkin”, - deb yozdi u o‘zining telegram kanalida.
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar maxsus operatsiyaning asosiy maqsadlariga qarshi chiqishmoqda: Ukrainani demilitarizatsiya, denatsifikatsiya qilish, uning blokka qo‘shilmaslik, yadrosiz maqomi hamda Donesk va Lugansk xalq respublikalarining o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqlari.
Rossiya Davlat dumasi raisining fikricha, aynan shuning uchun NATO Rossiyaning xavfsizlik masalalariga oid tashabbuslarini qabul qilmagan.
“Rossiya ularning NATOni sharqqa kengaytirish rejalarini barbod qildi”, - deb hisoblaydi Volodin.
Avvalroq “Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainadagi “g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik” niyatlari haqida ma’lum qilishgan edi.