https://oz.sputniknews.uz/20220509/prezident-toshkentdagi-uch-avlod-bogini-borib-kordi--24448087.html
Prezident Toshkentdagi “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi
Prezident Toshkentdagi “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch bo‘layapti. Masala hal bo‘layotganini xalqimiz sezayapti. 09.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-09T18:48+0500
2022-05-09T18:48+0500
2022-05-09T18:48+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24447494_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_43c1ee2983637baed9223cf35d92542b.jpg
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilgan “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, mahallalardagi ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni ezgu ishlarga undashda nuroniylarning katta hayot tajribasi muhim. Shu maqsadda mahallalarda, ta’lim muassasalarida keksa va o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” o‘tkazilmoqda.Ushbu yangi bog‘ ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ilgari bu joy qarovsiz, yo‘llari notekis edi. Endi Alimkent ko‘chasi ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirildi. Daraxt va gullar ekildi, issiqxona va ishkomlar barpo etildi. O‘rindiqlar, piyoda va velosiped yo‘laklari aholining hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratdi.Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda 3 milliondan ortiq nuroniylar bor. Ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, sog‘lig‘iga e’tibor qaratilmoqda. 28 mingga yaqin nuroniylar sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 450 ming nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Barcha hududlarda Nuroniylar kengashlari va mahallalarda keksalar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari tashkil qilindi. “Faxriy murabbiy” ordeni ta’sis etildi. 3 ming 500 nafardan ziyod fuqarolar“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.“Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch bo‘layapti. Masala hal bo‘layotganini xalqimiz sezayapti. Hamma joyga nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha vakil qo‘ydik. Endi mahalla raisining “uchta ustuni” bor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Prezident farmoniga muvofiq, bayram arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti va sovg‘alar topshirildi. Tuman va shahar hokimlari front ortida mehnat qilgan 10 ming nafar faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar oldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24447494_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_9d486cbac4fe5031ecc2d7349ad62ac6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev
jamiyat, shavkat mirziyoyev
Prezident Toshkentdagi “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev: Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch bo‘layapti. Masala hal bo‘layotganini xalqimiz sezayapti.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilgan “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, mahallalardagi ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni ezgu ishlarga undashda nuroniylarning katta hayot tajribasi muhim. Shu maqsadda mahallalarda, ta’lim muassasalarida keksa va o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” o‘tkazilmoqda.
Ushbu yangi bog‘ ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ilgari bu joy qarovsiz, yo‘llari notekis edi. Endi Alimkent ko‘chasi ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirildi. Daraxt va gullar ekildi, issiqxona va ishkomlar barpo etildi. O‘rindiqlar, piyoda va velosiped yo‘laklari aholining hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda 3 milliondan ortiq nuroniylar bor. Ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, sog‘lig‘iga e’tibor qaratilmoqda. 28 mingga yaqin nuroniylar sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 450 ming nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Barcha hududlarda Nuroniylar kengashlari va mahallalarda keksalar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari tashkil qilindi. “Faxriy murabbiy” ordeni ta’sis etildi. 3 ming 500 nafardan ziyod fuqarolar“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch bo‘layapti. Masala hal bo‘layotganini xalqimiz sezayapti. Hamma joyga nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha vakil qo‘ydik. Endi mahalla raisining “uchta ustuni” bor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident farmoniga muvofiq, bayram arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti va sovg‘alar topshirildi. Tuman va shahar hokimlari front ortida mehnat qilgan 10 ming nafar faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar oldi.