https://oz.sputniknews.uz/20220509/prezident-olmazorda-istiqomat-qiluvchi-urush-qatnashchisi-xonadonida-boldi--video-24440998.html
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida bo‘ldi – video
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida bo‘ldi – video
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 09.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-09T11:19+0500
2022-05-09T11:19+0500
2022-05-09T15:05+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24445060_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_e9ecbcf70be364bbe1e9e512b65511d3.jpg
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining "Achaobod" mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.Abbos ota urushdan avval maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1942-yilda Smolenskka chaqirilgan, Belarusni ozod qilishda ishtirok etgan, so‘ng Polsha va Berlingacha borgan. Boboning xotirlashicha, 2-may kuni kunning ikkinchi yarmida Reyxstagga g‘alaba bayrog‘i ilingan. Abbos Appanov 4-sinfdan nemis tiliga qiziqqani va 1-yil Germaniyada yashagani uchun tilni chuqur o‘rganadi va 1946-yilda O‘zbekistonga qaytgach, 50-yil davomida 139-maktab va 111-maktablarda boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilariga “Nemis va ingliz tili” fanidan dars beradi.Mamlakatda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatiladi.Davlat 2022-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotini berishni belgilagan.Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi qolgan.
https://oz.sputniknews.uz/20220509/ozbekistonning-fashizm-ustidan-galaba-qozonishda-qoshgan-hissasi-24439642.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/09/24445060_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_58a1b65f7eba2685d79333bf1020b837.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
jamiyat, shavkat mirziyoyev, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida bo‘ldi – video
11:19 09.05.2022 (yangilandi: 15:05 09.05.2022) Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining "Achaobod" mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi
xabar berdi. Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Abbos ota urushdan avval maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1942-yilda Smolenskka chaqirilgan, Belarusni ozod qilishda ishtirok etgan, so‘ng Polsha va Berlingacha borgan. Boboning xotirlashicha, 2-may kuni kunning ikkinchi yarmida Reyxstagga g‘alaba bayrog‘i ilingan. Abbos Appanov 4-sinfdan nemis tiliga qiziqqani va 1-yil Germaniyada yashagani uchun tilni chuqur o‘rganadi va 1946-yilda O‘zbekistonga qaytgach, 50-yil davomida 139-maktab va 111-maktablarda boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilariga “Nemis va ingliz tili” fanidan
dars beradi.“Butun umringizni xalqimizning, farzandlarimizni tarbiya qilishga bag‘ishlagansiz… Sog‘-salomat bo‘lib, qilgan niyatlaringiz amalga oshib, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rib yuring doim”, — deya tabrikladi uni Mirziyoyev.
Mamlakatda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatiladi.
Davlat 2022-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotini berishni belgilagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi qolgan.