Polshada Rossiya elchisiga hujum qilishdi

© Sputnik / Alekseiy VitvitckiyPosol RF v Respublike Polsha Sergey Andreyev
Posol RF v Respublike Polsha Sergey Andreyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Andreyevga Varshavadagi sovet jangchilariga qabristonida gulchambar qo‘yishga urinish paytida hujum qilishdi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga Varshavadagi sovet jangchilariga qabristonida gulchambar qo‘yishga urinish paytida hujum qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Rossiya elchisi va uning hamrohligidagi diplomatlarga qizil bo‘yoq sepishgan. Tajovuzkor kayfiyatidagi polyaklar va ukrainlar uning yo‘lini to‘sib, haqorat qilishgan. Voqeadan so‘ng Andreyev qabristonni politsiya xodimlari hamrohligida tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinroq u jiddiy jabrlanmaganini ma’lum qilgan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu voqeaga munosabat bildirdi.
“Neonatsizm ishqibozlari yana bir bor o‘z yuzlarini ko‘rsatishdi – va u qonli. Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haykallarini buzib tashlash, qabrlarni tahqirlash, endi esa har bir nomusli kishi uchun muqaddas bo‘lgan kunda gul qo‘yish marosimini barbod qilish va busiz ham oshkor narsa – G‘arbda fashizmni tiklash yo‘li tanlangan”, - deb yozdi u o‘zining telegram kanalida.
Yangiliklar lentasi
0