Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishni rejalashtirmoqda

© Foto iz lichnogo arxiva Oksani ChusovitinoyOksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare
Oksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
Chusovitina: Osiyo o‘yinlaridan so‘ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishini ma’lum qildi.
O‘tgan yil oktabrida Chusovitina katta sportga qaytishini ma’lum qilgan edi. O‘shanda sportchi 2022-yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilgan edi. Biroq Xitoyning Xanchjou shahrida 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi.
Chusovitina Osiyo o‘yinlarining qoldirilishi rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqidagi savolga javob berdi.
“Bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rdim va Osiyo o‘yinlaridan so‘ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim”, - deydi Oksana Chusovitina.
Ayni kunlarda sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida g‘alaba qozonib, ushbu yo‘nalishda tengi yo‘q ekanini isbotladi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8-marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan bo‘lsa, o‘z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. O‘shanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0