Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
G‘alaba bog‘ida harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Bog‘da Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham jam bo‘ldi. Prezident ular bilan suhbatda mamlakat xalqiga tabriklarini yo‘lladi.
“Bugun ushbu G‘alaba bog‘ida turib, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bunday damlarda qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodga olib, ularning jasorati oldida ta’zim qilamiz. Ularning tinchlik va ozodlikka bag‘ishlagan serqirra hayot yo‘li kelgusi avlodlar uchun o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan buyuk merosdir”, – dedi davlat rahbari.
Vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Bu majmua Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. U o‘zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Shu ma’noda “Matonat madhiyasi” urushda o‘z bolasidan, o‘z yoridan judo bo‘lgan barcha onalar, barcha ayollar sharafiga o‘rnatilgan muazzam obidadir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Yangiliklar lentasi
0