https://oz.sputniknews.uz/20220508/talabalar-uchun-yotoqxona-qurishga-subsidiya-qanday-beriladi-24423758.html
Talabalar uchun yotoqxona qurishga subsidiya qanday beriladi
Talabalar uchun yotoqxona qurishga subsidiya qanday beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi. 08.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-08T09:55+0500
2022-05-08T09:55+0500
2022-05-08T09:55+0500
iqtisod
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik.Hukumat qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik (DXSh)shartlari asosida qurish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.Nizomga ko‘ra, DXSh to‘g‘risidagi bitim DXSh loyihalarining reyestriga kiritilganidan so‘ng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qo‘shimcha o‘rganish uchun – 10 ish kuni ichida) o‘rganib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida o‘rganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablag‘larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.Ma’lumot uchun, 2022–2025 yillarda respublika bo‘yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etish nazarda tutilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, subsidiya
Talabalar uchun yotoqxona qurishga subsidiya qanday beriladi
Loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik.Hukumat qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik (DXSh)shartlari asosida qurish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom
tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan (27 million so‘m) ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.
Nizomga ko‘ra, DXSh to‘g‘risidagi bitim DXSh loyihalarining reyestriga kiritilganidan so‘ng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qo‘shimcha o‘rganish uchun – 10 ish kuni ichida) o‘rganib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida o‘rganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.
Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablag‘larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.
Ma’lumot uchun, 2022–2025 yillarda respublika bo‘yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etish nazarda tutilgan.