https://oz.sputniknews.uz/20220508/shahram-giyosov-navbatdagi-jangida-galaba-qozondi-va-kamarga-ega-chiqdi--video-24423973.html
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi – video
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi – video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga meksikalik Kristian Gomes raqiblik qildi.
2022-05-08T10:18+0500
2022-05-08T10:18+0500
2022-05-08T10:31+0500
sport
shahram g‘iyosov
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/04/18144362_0:0:2657:1495_1920x0_80_0_0_ecbe76c547a530fe84f6f048a58b4672.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.Unga meksikalik Kristian Gomes raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Shahram ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik bokschi to‘rtinchi, yettinchi va o‘ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘yishga erishdi.Bu g‘alaba bilan Shahram yarimo‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.Bu g‘alaba Shahram G‘iyosovning professional faoliyatidagi 13-g‘alabasi bo‘ldi. G‘alabalarning to‘qqiztasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.Bokschi jang so‘ng bergan intervyusida u katta janglarga tayyorligi va buning uchun tinmay mashq qilishini aytdi."Aytganimdek, faqat olg‘a boraman. O‘zimni to‘liq ko‘rsatishni istayman. Men barcha kamarlarga ega chiqishni xohlayman. Bu mening asosiy maqsadim va orzuim", - dedi Shahram G‘iyosov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/04/18144362_126:0:2487:1771_1920x0_80_0_0_5f622792eecce0728cac10ae1d417ca8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shahram g‘iyosov janglari video so‘nggi jangi
shahram g‘iyosov janglari video so‘nggi jangi
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi – video
10:18 08.05.2022 (yangilandi: 10:31 08.05.2022) 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda o‘zbekistonlik bokschi raqibini taslim etdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Unga meksikalik Kristian Gomes raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Shahram ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.
Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik bokschi to‘rtinchi, yettinchi va o‘ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘yishga erishdi.
Bu g‘alaba bilan Shahram yarimo‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba Shahram G‘iyosovning professional faoliyatidagi 13-g‘alabasi bo‘ldi. G‘alabalarning to‘qqiztasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.
Bokschi jang so‘ng bergan intervyusida u katta janglarga tayyorligi va buning uchun tinmay mashq qilishini aytdi.
"Aytganimdek, faqat olg‘a boraman. O‘zimni to‘liq ko‘rsatishni istayman. Men barcha kamarlarga ega chiqishni xohlayman. Bu mening asosiy maqsadim va orzuim", - dedi Shahram G‘iyosov.