Samarqand va Chelyabinsk sayyohlik kompaniyalari hamkorlikni yanada rivojlantirishadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPloshad Registan
Ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
Buxoro va Samarqand sayyohlik firmalari rossiyalik sayyohlar uchun O‘zbekistonda yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar, boy madaniy meros haqida ma’lumot berishdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari xizmat safari bilan Chelyabinsk shahrida bo‘lishdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, safar doirasida Chelyabinsk viloyatining telekompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda mazkur viloyatning yirik sayyohlik kompaniyalari hamda Samarqand va Buxoro shaharlarida faoliyat ko‘rsatadigan yirik sayyohlik firmalari rahbarlarining onlayn uchrashuvi tashkil etilgan.
Tadbirda Buxoro va Samarqand viloyatlarining sayyohlik firmalari rossiyalik sayyohlar uchun O‘zbekistonda yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar, boy madaniy meros, qad rostlagan yangi ko‘ngilochar maskanlarning taqdimotini ham uyushtirishgan.
O‘z navbatida, Chelyabinskda 3000 dan ortiq ko‘llar mavjudligi va ular atrofida sayyohlar uchun barcha sharoitlari yaratilganligi ham ma’lum qilindi.
Tadbirda qatnashgan Chelyabinsk viloyatining qator sayyohlik tashkilotlari rahbarlari ayni paytda O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlar oqimi tobora oshib borayotganini nazarda tutgan holda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanliklarini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston Rossiyadan 1,5 milllion sayyoh kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0