Putin Mirziyoyevga G‘alabaning 77-yilligi munosabati tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tish24 iyunya 2020. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sprava) vo vremya vstrechi v Kremle pered nachalom voyennogo parada v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov.
24 iyunya 2020. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sprava) vo vremya vstrechi v Kremle pered nachalom voyennogo parada v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni G‘alabaning 77-yilligi munosabati bilan qutladi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 77-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Turli mamlakatlar odamlariga juda ko‘p azob-uqubatlar keltirgan natsizmning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kundagi umumiy burchimizdir. Urush yillari voqealari, umumiy ma’naviy qadriyatlar va qardoshlik do‘stligi an’analari haqidagi haqiqatni asrab-avaylash va avlodlarga yetkazish zarur”, — deyiladi tabrikda.
G‘alabaning 77-yilligi munosabati tabrik, jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Moldova, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Dones xalq respublikasi, Lugansk xalq respublikasi rahbarlari hamda Ukraina va Gruziya xalqlariga ham yo‘llangan.
Vladimir Putin, shuningdek, xorijiy davlat yetakchilaridan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga samimiy minnatdorchiligini yetkazib qo‘yishni so‘rab, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0