Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azovstal”dan tinch aholini evakuatsiya qilish yakunlandi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Aleksey KudenkoEvakuatsiya grajdanskix lis s zavoda "Azovstal"
Evakuatsiya grajdanskix lis s zavoda Azovstal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, "Azovstal”dan evakuatsiya qilingan kishilarning xavfsizligi ta’minlangan va ularga tibbiyo va ruhiy yordam ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Mariupolda “Azovstal” zavodidan tinch aholini evakuatsiya qilish operatsiyasi yakunlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 5-maydan buyon, operatsiya boshlangani e’lon qilingan paytdan, 51 kishini, jumladan, 11 nafar bolani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 7-may kuni bir kishi qutqarilgan.

“Rossiya Federatsiya rahbariyati tomonidan qabul qilingan misli ko‘rilmagan choralar tufayli, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vakillarining faol ishtirokida bugun “Azovstal” metallurgiya kombinatidan tinch aholini evakuatsiya qilish gumanitar operatsiyasi yakunlandi”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, “Azovstal”dan evakuatsiya qilingan kishilarning xavfsizligi ta’minlangan va ularga tibbiyo va ruhiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular BMT va Qizil xoch vakillari hamrohligida vaqtincha joylashish joylariga ketishgan.

Eslatib o‘tamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Mariupol shahrini 7-mart kuni qurshab olishgan edi. 21-aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shahar to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi, biroq “Azovstal” zavodida ukrainalik millatchi batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni to‘xtatishni, ammo "hatto pashsha uchib chiqa olmaydigan darajada” to‘sib qo‘yishni buyurgan edi.

Mavzuga oid:

“Azov*” jangarilari tinch aholidan gumanitar koridorlar haqida xabarlarni sir tutgan
“Azov*” tinch aholini oziq-ovqatga almashtirishni taklif qilmoqda
Volodin “Azovstaldagi” ukrainalik jangarilarni terrorchilarga qiyosladi
Yangiliklar lentasi
0