https://oz.sputniknews.uz/20220507/rossiya-universiteti-ozbekiston-maktablari-uchun-rus-tili-darsliklarini-tayyorladi-24413674.html
Rossiya universiteti O‘zbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
Rossiya universiteti O‘zbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T13:30+0500
2022-05-07T13:30+0500
2022-05-07T13:30+0500
jamiyat
rus tili
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24265434_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_63fe864339474c581de799b5b64f779b.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) O‘zbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi. Bu haqda RIA Novosti Respublika ta’lim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayevaga tayangan holda xabar berdi.“Milliy sinflar uchun Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda 2-11-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan rus tili darsliklari tayyorlandi”, - degan Nurullayeva onlayn brifingda.Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida mutaxassislar tomonidan respublika maktablarining milliy sinflaridagi rus tili o‘qituvchilari uchun 20 nomga yaqin adabiyot va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, tayyorlangan.Shuningdek, 6-10-sinflar uchun adabiyot darsligiga o‘zbek adabiyoti (40 foiz), rus (40 foiz) va jahon mumtoz adabiyoti (20 foiz) namoyondalari kiritilgan.Samarqandda Rossiya ta’lim markazi ochildiMa’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.Xususan, 2020-yil oktabr oyida Rossiya Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan. Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1c/24265434_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ca317db1b5a0791e44f05df5be4f1fe6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, rus tili, a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), o‘zbekiston
jamiyat, rus tili, a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), o‘zbekiston
Rossiya universiteti O‘zbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) O‘zbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi. Bu haqda RIA Novosti Respublika ta’lim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayevaga tayangan holda
xabar berdi. “Milliy sinflar uchun Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda 2-11-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan rus tili darsliklari tayyorlandi”, - degan Nurullayeva onlayn brifingda.
Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida mutaxassislar tomonidan respublika maktablarining milliy sinflaridagi rus tili o‘qituvchilari uchun 20 nomga yaqin adabiyot va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, tayyorlangan.
Shuningdek, 6-10-sinflar uchun adabiyot darsligiga o‘zbek adabiyoti (40 foiz), rus (40 foiz) va jahon mumtoz adabiyoti (20 foiz) namoyondalari kiritilgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2020-yil oktabr oyida Rossiya Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga
mo‘ljallangan. Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.