O‘zbekistonda 34 ta madaniy meros obyekti qayta tiklanadi

© Sputnik / /Anton KurilkinMedrese v Buxare
Medrese v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna bo‘lish
34 ta madaniy meros obyektini ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 75 mlrd so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarining manzilli ro‘yxati tasdiqladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ro‘yxatdan jami 34 ta madaniy meros obyekti o‘rin olgan va ularni ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 75 mlrd so‘m sarflanishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar davlat budjetidan ajratiladi.
Joriy yilgi ro‘yxatga ko‘ra, Bahodir Yalangto‘shbiy madrasasi, Talipoch qal’a qoldiqlari, “Ulug‘bek” madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Ko‘k gumbaz, Oq Saroy, Islom Xo‘ja yozgi qarorgohi, Chodra hovli kabi obyektlarda restavratsiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Buxoro “Ark” qo‘rg‘oni majmuasidagi Qushbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obyektlarida ta’mirlash tiklash ishlari olib boriladi. “Ark” qo‘rg‘oni majmuasi vayronalari qismida “Arxeologik park” tashkil qilinadi.
Chorsu bozori rekonstruksiyasi Madaniy meros agentligi nazoratida amalga oshiriladi
Buxoro shahridagi “Masjidi Kalon” (Poi Kalon majmuasi) qulab tushgan qismlar va ta’mirtalab devorlarini ta’mirlash-qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish ishlarini ham 2022-yilning IV choragida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, yaqinda madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ishonch telefoni ishga tushirildi. Endi mamlakat fuqarolari va mehmonlari biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo‘layotgan xavfni sezgan holatda, +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0