https://oz.sputniknews.uz/20220507/ayrim-shaxslarning-soliqqa-tortilmaydigan-daromadi-miqdori-oshirildi-24418157.html
Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi
Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nogironlarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T17:51+0500
2022-05-07T17:51+0500
2022-05-07T17:51+0500
iqtisod
nogiron
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363539_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_7b1ce51745fa0eb50ae9b29d69596aac.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, vaqtinchalik soliq imtiyozlariga, Prezident yoki Hukumat qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda yuridik shaxslarning yer solig‘idan to‘liq ozod qilish imtiyoziga ega soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi (mazkur tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).Foyda solig‘ini hisoblashda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar 5-yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari 3-yil edi. Bu tartib 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363539_645:363:2565:1803_1920x0_80_0_0_58287846e8c35c76c3fd0caa305c0ce3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, nogiron, soliq
Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi
O‘zbekistonda nogironlarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Kiritilgan
qo‘shimchalarga ko‘ra, vaqtinchalik soliq imtiyozlariga, Prezident yoki Hukumat qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda yuridik shaxslarning yer solig‘idan to‘liq ozod qilish imtiyoziga ega soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi (mazkur tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).
Foyda solig‘ini hisoblashda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 3 baravari (2 mln 466 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi (ilgari MHTEKMning 1,41 baravari edi – 1 mln 159 ming so‘m). Bu 2022-yil 1-martdan yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar 5-yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari 3-yil edi. Bu tartib 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.