Toshkent - Qarshi - Shaxrisabz yo‘nalishida bitta “Afrosiyob” qatnaydigan bo‘ldi

© "Uzbekistan temir yullari"Prezentatsiya novogo poyezda "Afrosiab" v Tashkente
Prezentatsiya novogo poyezda Afrosiab v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
"Toshkent - Shaxrisabz" yo‘nalishida qatnaydigan “Afrosiyob” poyezdi "Qarshi" bekati orqali o‘tadi. Yo‘nalishlar bir-birini takrorlagani sababli Qarshiga qatnaydigan poyezd bekor qilingan.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. 7, 8-maydan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Poyezlarning harakat jadvali quyidagicha:

“Toshkent- Shahrisabz” yo‘nalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan soat 08:00 da qatnaydi.
“Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.
“Bugungi kunda “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining har shanba, yakshanba kunlari qatnovi to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha Toshkentdan Shahrisabzgacha 4-sonli va Shahrisabzdan Toshkentgacha 3-son yo‘lovchi poyezdlari qatnovi amalga oshirlgan.
Yuqorida qayd etilgan 757 va 758 sonli poyezdlar ham Qarshi bekati orqali o‘tadi. Yo‘nalishlar qisman bir-birini takrorlagani sababli faqat bittasini saqlab qolishga qaror qilingan.
Yangiliklar lentasi
0