https://oz.sputniknews.uz/20220506/rossiyaga-kelayotgan-migrantlar-oqimi-toxtamaydi--mutaxassis-bilan-intervyu-24402745.html
Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamaydi – mutaxassis bilan intervyu
Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamaydi – mutaxassis bilan intervyu
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga migrantlar oqimi to‘xtamayapti, 2022-yilda xorijliklar Rossiyada ishlash uchun ikki barobar ko‘p patent olgan - Poletayev. 06.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-06T17:44+0500
2022-05-06T17:44+0500
2023-04-05T18:37+0500
video
migratsiya
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/04/24357002_0:0:2747:1546_1920x0_80_0_0_4844437b54d987e43e5ca015eb01c416.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamayapti, xorijliklar tomonidan olingan patentlar soni ikki baravar ko‘paydi, dedi Dmitriy Poletayev Sputnik muxbiriga. Nima uchun Markaziy Osiyodan ishchilar Rossiyaga kelishda davom etmoqda? Xorijiy muhojirlar bu yerda ish qidirayotganini tasdiqlaydigan dalillar bormi? Rossiyada pul topmoqchi bo‘lganlar uchun qanday ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan?Mazkur savollarga migratsiya bo‘yicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev javob berdi.Ekspertning qayd etishicha, migrantlar kirib kelayotgan Yevroosiyo makonining mehnat bozorlari anchadan beri shakllangan. Chet el fuqarolari Rossiyada ishlashga ustunlik berib, mamlakatni tanlash vektorini o‘zgartirmaydi.Rossiyada ishlab, pul topmoqchi bo‘lganlar uchun qanday ish o‘rinlari yaratilishi mumkin? Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiring ekspert bilan suhbatini kuzatib, bilib olishingiz mumkin.Intervyuning to‘liq versiyasi bu yerda tomosha qilishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Vladimir Putin yangi qonunni imzolagan edi. Qonun O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatda 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/04/24357002_285:0:2726:1831_1920x0_80_0_0_b42ba9bbfe57419cbb1f7733a064be88.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, migratsiya, o‘zbekiston, video, rossiya
video, migratsiya, o‘zbekiston, video, rossiya
Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamaydi – mutaxassis bilan intervyu
17:44 06.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiyaga migrantlar oqimi to‘xtamayapti, 2022-yilda xorijliklar Rossiyada ishlash uchun ikki barobar ko‘p patent olgan - Poletayev.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamayapti, xorijliklar tomonidan olingan patentlar soni ikki baravar ko‘paydi, dedi Dmitriy Poletayev Sputnik muxbiriga.
Nima uchun Markaziy Osiyodan ishchilar Rossiyaga kelishda davom etmoqda? Xorijiy muhojirlar bu yerda ish qidirayotganini tasdiqlaydigan dalillar bormi? Rossiyada pul topmoqchi bo‘lganlar uchun qanday ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan?
Mazkur savollarga migratsiya bo‘yicha
mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev javob berdi.
Ekspertning qayd etishicha, migrantlar kirib kelayotgan Yevroosiyo makonining mehnat bozorlari anchadan beri shakllangan. Chet el fuqarolari Rossiyada ishlashga ustunlik berib, mamlakatni tanlash vektorini o‘zgartirmaydi.
“Rossiyaga migrantlar oqimi to‘xtamayapti. Joriy yilda xorijliklar ushbu mamlakatda ishlash uchun 2 barobar ko‘p patent olgan. 2021-yilning birinchi choragida 229 ming nafar, 2022-yilning xuddi shu davrida esa 517 nafar mehnat shartnomasi ro‘yxatga olingan. Amaldagi patent olganlar soni ham ikki baravar ko‘payib, 2,1 mlnga yetgan”, - dedi Dmitriy Poletayev.
Rossiyada ishlab, pul topmoqchi bo‘lganlar uchun qanday ish o‘rinlari yaratilishi mumkin? Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiring ekspert bilan suhbatini kuzatib, bilib olishingiz mumkin.Intervyuning to‘liq versiyasi
bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Vladimir Putin yangi qonunni imzolagan edi. Qonun O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatda 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish imkonini beradi.