Prezident surati tushirilgan tangalar muomalaga chiqarilmagan - MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilmagan - Markaziy bank.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki prezident Shavkat Mirziyoyev rasmi aks etgan qimmatbaho tangalar muomalaga chiqarilmaganini xabar qildi.
"Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz.
Markaziy bank tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqalgan edi.
Yangiliklar lentasi
0