O‘zbekistonlik olimlar shirinlatgich ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSaxarniy pesok
Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
Olimlar “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratdi
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar shirinlik ko‘rsatgichi shakardan 200 bavar ko‘proq bo‘lgan shirinlatgich ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
O‘simlik moddalari kimosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi.
“Steviya o‘simligidan olinadigan Sweetlife I shirinlatgichining shirinlik ko‘rsatkichi shakarga nisbatan 200 barobar yuqori, Sweetlife II - 250-300 barobar.
Bugungi kunda ushbu mahsulotlarning sanoat uslubida ishlab chiqarish texnologiyasi hamda sanoat qurilmasi yaratildi va mahsulotlarning ilk namunalari ishlab chiqarildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirgi paytda tarkibida shakar hisoblanmagan, ammo shirin moddalar saqlovchi 15 dan ortiq o‘simlik turlari ma’lum. O‘simlik turlaridan olingan steviozid strukturali glikozidlarga oziq-ovqatda shirinlashtiruvchi vosita sifatida iste’mol qilishga ruxsat berilgan.
O‘zbekistonda steviyani o‘stirish hamda chuqur qayta ishlash jarayonlari to‘liq o‘rganib chiqilgan. Respublikada parvarishlangan o‘simlikdagi steviozid moddasi dunyoning boshqa mamlakatlarida yetishtirilganiga qaraganda ancha yuqori - 19,7 %ni tashkil qiladi.
Surxondaryo va Toshkent viloyalarning barcha tumanlarida steviya o‘simligini madaniylashtirish va yetishtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, steviya o‘simligi damlamasidan olinadigan steviozid moddasi shakardan 150 barobar shirin. Uning shirinlik darajasi yuqori bo‘lsa-da, o‘ta shifobaxsh hisoblanadi. Farmatsevtikada giyohlarga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan tayyor holda steviya qadoqlangan qutida chiqariladi. Uni uyda xona gullari sifatida o‘stirsa ham bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0