O‘tgan yilda eng ko‘p foyda va zarar ko‘rgan korxonalar nomi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba AGMKProizvodstvo medi na predpriyatii AGMK
Proizvodstvo medi na predpriyatii AGMK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili eng ko‘p zararni “O‘ztransgaz” ko‘rdi. “Navoiy kon-metaoourgiya kombinati” esa eng ko‘p foyda oldi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Eng ko‘p sof foyda olgan va dividend to‘lagan korxona bu – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bo‘ldi. “O‘ztransgaz” AJ esa bu yil ham eng ko‘p zarar ko‘rib ishlagan korxona Top-20 taligida birinchi o‘rin bo‘ldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Agentlik o‘tgan yili eng ko‘p zarar ko‘rgan va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, moliyaviy hisobot topshirgan 1770 ta korxonaning tahlil natijasiga ko‘ra, 20 ta korxona eng yuqori sof foyda olgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar soni ham 20 ta. Shuningdek, 10 ta korxona davlat ulushi bo‘yicha eng ko‘p dividend to‘lagan (oraliq dividend va oldingi yillar qarzdorliklari bilan birga).
Eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar:
1.
NKMK - 10 639,8 mlrd so‘m;
2.
OKMK - 5 359,8 mlrd so‘m;
3.
“O‘zbekneftegaz” - 3 348,8 mlrd so‘m;
4.
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati”AJ- 1 471,5 mlrd so‘m;
5.
“Navoiyazot” AJ -779,8 mlrd so‘m;
6.
“O‘zbektelekom” AJ -473,9 mlrd so‘m;
7.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ -400,3 mlrd so‘m;
8.
“Farg‘onaazot” -348,8 mlrd so‘m;
9.
“Agroklaster” MChJ -194,8 mlrd so‘m;
10.
“Tovar hom ashyo birjasi” AJ-140,1 mlrd so‘m.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan korxona:
1.
“O‘ztransgaz” AJ -2515,8 mlrd so‘m;
2.
Milliy elektr tarmoqlari - 2105,2 mlrd so‘m;
3.
“Toshissiqsuvqquvati” DUK - 534,3 mlrd so‘m;
4.
“Yangi Angren IES” AJ - 304 mlrd so‘m;
5.
Toshshahartransxizmat - 127,6 mlrd so‘m;
6.
“Angren IES” AJ - 87,6 mlrd so‘m;
7.
Angren issiqlik energiyasi korxonasi DUK -68,3 mlrd so‘m;
8.
“Toshkent issiqlik markazi” DUK -53,6 mlrd so‘m;
9.
O‘zavtotrans servis MChJ - 51,5 mlrd so‘m;
10.
FK Bundokor MChJ - 37 mlrd so‘m;
11.
“Paxtakor futbol klubi” MChJ - 30,3 mlrd so‘m.
Xabarda aytilishicha, hozirdadavlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 117 tani tashkil etmoqda. Shundan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Bular faoliyatsiz yoki tugatish jarayoni olib borilayotgan korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalarda davlat nomidan aksiyador funksiyasi 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0